Yangi Cobalt 2025: Narxi va Shartnoma Ma’lumotlari
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt'ning uzoq kutilgan yangilanishini tayyorlamoqda. Dastlabki bosqichda bu salon restaylingi bo'ladi: Tracker 1 uslubidagi asboblar paneli (dvigatel harorati datchigi bilan), Apple CarPlay va Android Auto funksiyali MyLink multimedia tizimi, shuningdek, kruiz-kontrol, rulda multimedia boshqaruvi va old o‘rindiqlarni isitish tizimi joriy etiladi.
UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilayotgan mashhur Chevrolet Cobalt modeli uzoq kutilgan yangilanishni oladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, yangi Cobalt 2025-yilda taqdim etiladi va birinchi bosqichda salon qismida sezilarli o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda.
Yangi Cobalt 2025 Pozitsiyadan Nimalar Kutilmoqda?
Cobalt 2 (dastlabki restayling) avtomobilining saloni zamonaviyroq va qulayroq bo’lishi rejalashtirilgan. Kutilayotgan asosiy yangiliklar quyidagilardir.
Cobalt 2025 Yangi Imkoniyatlari:
- Yango asboblar paneli
- Android Auto va Apple CarPlay funksiyali MyLink sensorli magnitola
- Rulda multimedia boshqaruvi
- Kruiz-kontrol
- Old o‘rindiqlar isitgichi
Agar ushbu qismlarni «ko’chada» o’rnatilsa, bunday tyuning taxminan 900 dollarga tushishi mumkin:
- 300 dollar Tracker 1 paneli
- 400 dollar MyLink
- 100 dollar kruiz-kontrol va rulda magnitola boshqaruvi
- 100 dollar old o‘rindiqlar isitgichi
Tracker 1 uslubidagi asboblar paneli: Yangi, zamonaviyroq ko’rinishga ega bo’lib, dvigatel harorati datchigi bilan jihozlanadi.
MyLink sensorli multimedia tizimi: Apple CarPlay va Android Auto funksiyalari bilan. Bu haydovchiga telefonini avtomobil tizimiga oson ulash imkonini beradi.
Rulda multimedia boshqaruvi: Musiqa, qo’ng’iroqlar va boshqa funksiyalarni ruldan turib boshqarish qulayligi.
Kruiz-kontrol: Uzoq safarlarda avtomobil tezligini avtomatik ushlab turish funksiyasi.
Old o’rindiqlar isitgichi: Sovuq ob-havoda qo’shimcha qulaylik yaratadi.
Cobalt MCM Narxi Qancha Bo’ladi?
| Chevrolet Cobalt Narxi 2025 | Цена (сум) |
|---|---|
| COBALT GX-Style Plus AT Комплектация LTZ алюминиевые диски (1JX69 - литые диски в новом дизайне) R15, автоматическая трансмиссия; V22 хромированная решетка радиатора, 5HC хромированный молдинг заднего бампера Опции: C60 US8 TZC MH9 1JX69 - литые диски в новом дизайне Тонировка заднего стекла, защита моторного отсека и двигатель, адаптированный для установки ГБО и работе на газу (метан). AKO/AJW тонированное заднее лобовое стекло 0GE Адаптированный двигатель, приспособленный для установки газобаллонного оборудования NV1 защитник картера Тонированные стекла задних дверей | 147,916,000 сум |
| Cobalt Midnight Комплектация Style Plus AT, отличия: черные диски, тонированные фары, черные накладки на зеркалах. | 155,231,000 сум |
| Cobalt Style MCM Комплектация Style c дополнительными опциями: - Новая приборная панель - Подогрев сидений - Круиз контроль - Мультируль - Магнитола с Android Auto и Apple Car Play - Двигатель с фазовращателями | 156,100,000 сум |
| Cobalt Midnight MCM Комплектация Midnight c дополнительными опциями: - Новая приборная панель - Черный салон - Сиденья из эко-кожи - Подогрев сидений - Круиз контроль - Мультируль - Магнитола с Android Auto и Apple Car Play - Двигатель с фазовращателями | 165,200,000 сум |
UzAuto Motors monopolist korxona bo’lganligi sababli, narxlar sotuv boshlanishidan 15 kun oldin rasman e’lon qilinishi shart.
Yangi Cobalt Shartnoma Qachon Ochadi va Yetkazib Berish Muddatlari
Ehtimol, yangi Cobalt shartnomalari yaqin haftalarda ochiladi, birinchi xaridorlar o‘z avtomobillarini 2025-yil oxirigacha olishadi. Shunday qilib, tez orada Cobalt shartnoma bo’yicha ma’lumotlar paydo bo’lishini kutish mumkin.
Cobalt 2 Restayling Tarixi
Cobalt 2 restaylingi Braziliyada amalga oshirilgan, ammo Chevrolet Onix arzonroq bo‘lganligi sababli, ushbu modelning ishlab chiqarilishi tezda to‘xtatilgan.
Cobalt 2 chiqqanligi bo‘yicha rejalar UzAuto Motors IPO jarayonida tasdiqlangan edi. Keyin muddatlar bir necha bor ko‘chirilgan, va 2024-yilda Cobalt 2 2024-2026-yillar uchun investitsiya dasturiga kiritilgan. UzAuto Motors Chevrolet Cobalt’ni yangilashga 67,4 million dollar sarmoya kiritishni rejalashtirgan.
Cobalt 2 yangi kuzov, biroz yangilangan salon (sun’iy charmdan o‘rindiqlar va eshik kartalari), shuningdek, yangi multimedia tizimi va asboblar panelini olishi kerak. Ehtimol, salon yangilangandan so‘ng zavod yangi kuzovdagi versiyani chiqaradi.






xaxa tracker 1 tablosi kuyvuradiku ortasi korsatmi qoladi kochada bu 900$ga bormidi ustanofkasi
бухоро олот туман
бухоро облост олот район
zur gap yuq
нархи канча бу автомашинани ккс лари билан кулга тегиши
бир нарса килиб нархни кутариш керакмас нарсалар яна озгина кутаришса нархини колган мошиналарга ухшаб рассрочкага таркатишади
Avvalo Bu mashinani dizaynini ТРЕЗВЫЙ holatda chizishganiga sal ishonmayman
Agar bu mashinaga nima yangilik qilish kerak bo’lsa ko’rinishiga qilishsin eshik ramkalarini chiroyliroq va orqa qismini to’g’irlashsin
Kuzov pastidagi rezinalarni yaxshilashsa avvalo shunisi manmcha hammaga yoqardi