Chevrolet Traverse

Rasmiy yangiliklar, yangi Chevrolet Traverse fotolari, sharhlar va Traverse narxlari Oʻzbekistonda rasmiy dilerlardan.

Chevrolet Traverse Narxi 2026

Chevrolet Traverse Oʻzbekistonda bitta komplektatsiyada, Z71 versiyasida sotilmoqda. Narxi 795 000 000 soʻm, naqd pulga chegirma yoʻq.

Chevrolet Traverse Narxi 2026UZS
Chevrolet Traverse Z71
2.5 turbo 328 ot kuchi, avtomat, toʻliq privod


7 oʻrin, ikkinchi qatorda kapitan oʻrindiqlar, CarPlay va Android Auto bilan 17,7" ekran, 11" raqamli asboblar paneli, perforatsiyalangan charm, old oʻrindiqlar va rul isitgichi, haydovchi oʻrindigʻining elektr sozlamasi, uch zonali klimat-nazorat, panoramali tom, adaptiv kruiz-nazorat, avtomatik tormozlash, harakatlanish boʻlagida ushlab turish, koʻr zonalar nazorati, 360° kamera, 7 ta xavfsizlik yostigʻi, simsiz zaryadlash, 220 V rozetka, elektr yuritmali yukxona eshigi, 18" disklar, LED faralar
795,000,000

Traverse yetti oʻrinli, uch qatorli krossover. Unda 2,5 litrli turbo dvigatel (328 ot kuchi), 8 pogʻonali avtomat quti va toʻliq privod bor, klirensi 197 mm.

Salon 17,7 dyuymli ekran, panoramali tom, uch zonali klimat-nazorat va 360° kamera bilan jihozlangan.

Chevrolet Traverse 2026 saloni va interyeri

Traverse uzunligi 5194 mm, gʻildiraklar bazasi 3072 mm. Ikkinchi qatorda ikkita alohida kapitan oʻrindigʻi, uchinchi qatorda qoʻlda yigʻiladigan oʻrindiq bor. Ikkinchi va uchinchi qatorlar yigʻilganda yukxona hajmi 2763 litrga yetadi.

Traverse saloni perforatsiyalangan charm bilan qoplangan, old oʻrindiqlar va rul isitiladi. Raqamli asboblar paneli 11 dyuymli, multimedia ekrani esa 17,7 dyuymli boʻlib, Apple CarPlay va Android Auto bilan ishlaydi.

Chevrolet Traverse texnik xususiyatlari

Shaharda yoqilgʻi sarfi 100 kilometrga 11,7 litr, aralash siklda 11,2 litr, bak hajmi 82 litr. Dvigatel quvvati 328 ot kuchi, aylantiruvchi momenti 442 Nm.

Foizsiz muddatli toʻlov shartlari: Chevrolet Traverse rassrochka grafigi. Rus tilida: цена Chevrolet Traverse va Chevrolet Traverse в рассрочку без процентов.

Реклама
Back to top button