UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

🚘 XARIDORLAR CAPTIVA 5 UCHUN PUL MABLAG’LARI VA KOMPENSATSIYANI OLISHADI

Реклама

UzAuto Motors AJ Chevrolet Captiva 5 avtomobilini yetkazib berish bo’yicha bekor qilingan shartnomalarning mablag’larini qaytaradi va kompensatsiyani amalga oshiradi.

📆 Eslatib o’tamiz, UzAuto Motors AJ kompaniyasi 2021-yilning 20-noyabr sanasida Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish bo’yicha shartnomalar to’xtatilgani haqida rasmiy bayonot bergandi.

💵 Bayonotda mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo’yicha to’langan barcha mablag’lar to’liq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qo’shimcha ravishda oldindan to’lov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etilishi haqida keltirilgandi.

Реклама

🚘 Chevrolet Captiva 5 avtomobili bo’yicha jami 461 ta shartnoma puli to’langan. Ayni paytda, 207 nafar xaridor Chevrolet Captiva 5 avtomobili o’rniga boshqa avtomobilni olishga qaror qilishdi, 161 nafari esa to’langan mablag’ni qaytarilishi uchun ariza bilan murojaat qilganlar va allaqachon pullarini qaytarib olishgan. 41 nafar mijozlar kechagi kundan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5 foizlik to’lov summasini olishdi.

👉 Qolgan xaridorlar ham o’z mablag’lari va kompensatsiyani yaqin ikki-uch kun ichida olishadi.

1 Комментарий

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button