UzAuto Motors Cobaltga chegirmani yopdi, kreditni arzonlashtirdi
UzAuto Motors Chevrolet Cobaltga bergan chegirmani bekor qildi, Cobalt narxi endi to'liq: Style MCM 156 100 000 so'm, Midnight MCM 165 200 000 so'm turadi. Shunga qaramay, Cobaltni arzonroq olib qolish mumkin: to'rtta bank imtiyozli avtokredit taklif etmoqda, ayrim shartlarda esa Cobalt 0% stavka bilan, ya'ni Cobaltga foizsiz muddatli to'lov asosida sotib olinadi.

UzAuto Motors Chevrolet Cobaltga bergan maxsus chegirmani to’xtatdi. Sedan endi to’liq narxda sotiladi: Style MCM 156 100 000 so’m, Midnight MCM 165 200 000 so’m turadi.
Zavod chegirmasiz ham talabni pasaytirmaslikka harakat qilmoqda. Buning uchun endi imtiyozli avtokredit va foizsiz muddatli to’lov ishlatiladi, dasturda to’rtta bank qatnashadi: Ipoteka bank, AsakaBank, Kapitalbank va InfinBank.
Stavka to’rtala bankda ham 0% dan boshlanadi va 18% gacha yetadi. Bu bozordagi o’rtacha 23% stavkadan sezilarli past. Boshlang’ich to’lov mashina narxining 25% dan 70% gacha oralig’ida bo’ladi, kredit muddati esa 12 oydan 60 oygacha boradi.
Zavod bir tomondan Cobaltga talabni rag’batlantiryapti, ikkinchi tomondan Onixga bergan chegirma va muddatli to’lovni ham davom ettiryapti. Boshlang’ich to’lov 49 mln so’m bo’lganda Onix uchun 3 yillik oylik to’lov 4 mln so’m atrofida chiqadi. Cobaltni kreditga olganda ham, deyarli shu shartlarda, oylik to’lov xuddi shu darajada qoladi.






