Volkswagen kreditga va foizsiz boʻlib toʻlashga: Kapitalbank shartlari
Kapitalbank Volkswagen avtomobillari uchun foizsiz boʻlib toʻlash va imtiyozli kredit taklif qila boshladi. Boshlangʻich toʻlov 45% va undan ortiq boʻlsa, muddatli toʻlov 24 oygacha, 25% boshlangʻich toʻlovli kredit esa 60 oygacha beriladi.

Статья доступна на русском языке.
Kapitalbank Volkswagen bilan hamkorlikda ushbu marka avtomobillari uchun 0% boʻlib toʻlash va imtiyozli avtokredit taklif qila boshladi.
Boshlangʻich toʻlov 45% va undan ortiq boʻlsa, Kapitalbank 24 oygacha foizsiz kredit beradi. Penya va jarimalar yoʻq. Foizsiz muddatli toʻlovda Lavida XR Trend Line (209 900 000 soʻm) uchun 45% boshlangʻich toʻlov bilan 24 oy davomida har oy 4 810 208 soʻm toʻlanadi.
Avtokredit esa 25%dan boshlangʻich toʻlov bilan 60 oygacha, yillik 0%dan 17,87%gacha stavkada beriladi.
Avvalroq bank Porsche va Toyota avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlovni yoʻlga qoʻygan edi.
Volkswagen toʻlov grafigi: 24 oyga foizsiz toʻlov jadvali
| Volkswagen Lavida XR | |
|---|---|
| Versiya, narx va 45% boshlangʻich toʻlov | Oylik toʻlov |
| Trend Line, 209 900 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 94 455 000 soʻm | 4 810 208 soʻm |
| Comfort Line, 229 900 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 103 455 000 soʻm | 5 268 542 soʻm |
| Volkswagen Tharu XR | |
|---|---|
| Versiya, narx va 45% boshlangʻich toʻlov | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 296 250 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 133 312 500 soʻm | 6 789 063 soʻm |
| Highline, 325 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 146 250 000 soʻm | 7 447 917 soʻm |
| Volkswagen Passat Pro | |
|---|---|
| Versiya, narx va 45% boshlangʻich toʻlov | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 468 750 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 210 937 500 soʻm | 10 742 188 soʻm |
| Flagship, 525 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 236 250 000 soʻm | 12 031 250 soʻm |
| Volkswagen Tiguan L Pro | |
|---|---|
| Versiya, narx va 45% boshlangʻich toʻlov | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 482 500 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 217 125 000 soʻm | 11 057 292 soʻm |
| R-Line, 530 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 238 500 000 soʻm | 12 145 833 soʻm |
| Volkswagen Teramont X | |
|---|---|
| Versiya, narx va 45% boshlangʻich toʻlov | Oylik toʻlov |
| Highline, 662 500 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 298 125 000 soʻm | 15 182 292 soʻm |
| Volkswagen Teramont Pro | |
|---|---|
| Versiya, narx va 45% boshlangʻich toʻlov | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 750 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 337 500 000 soʻm | 17 187 500 soʻm |
| Highline, 825 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 371 250 000 soʻm | 18 906 250 soʻm |
Kapitalbank avtokrediti: Volkswagen uchun oylik va ortiqcha toʻlov
Lavida XR Trend Line 25% boshlangʻich toʻlov bilan besh yilga eng yuqori stavka (yillik 17,87%) bilan kreditga olinsa, oylik toʻlov 3 986 436 soʻm boʻladi. Besh yilda ortiqcha toʻlov 81,8 mln soʻmga yetadi.
Sentabr oxiriga kelib Oʻzbekistonda avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha stavka yillik 21,5% edi.
Kapitalbankda halol nasiya
Halol nasiyada (islomiy moliyalashtirish) foiz oʻrniga avtomobil narxiga qatʼiy belgilangan ustama qoʻshiladi. Kapitalbank bunday avtonasiyani 2025-yil noyabridan beri taklif qiladi.
Volkswagen uchun shartnoma olish: Toshkent va viloyatlardagi dilerlar
Volkswagenning Tashkent Citydagi flagman saloni 2026-yil 17-iyunda, markaning Oʻzbekiston bozoriga rasman kirgan kuni ochildi.
Undan tashqari, Volkswagenning dilerlik markazlari Toshkentda Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida, viloyatlarda esa Buxoro, Samarqand va Qashqadaryoda bor. Sentabrda ularga Toshkentda Drive On va Samarqandda Turon Auto qoʻshildi.
Oʻzbekistonda markaning oltita modeli sotilmoqda. Volkswagen narxlari Lavida XR Trend Line uchun 209 900 000 soʻmdan boshlanib, Teramont Pro Highline uchun 825 000 000 soʻmgacha yetadi.





