Volkswagen Teramont X Narxi

Volkswagen Teramont X narxi 2026

Oʻzbekistonda Volkswagen Teramont X narxi 662 500 000 soʻm. Narx Toshkentdagi Alyans Auto avtosalonlarida 2026-yil 4-oktabr holatiga koʻra aniqlangan.

Besh oʻrindiqli Teramont X krossoveri faqat Highline komplektatsiyasida sotilmoqda. Unda 220 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbodvigatel, 7 pogʻonali DSG robotlashtirilgan uzatmalar qutisi va 4Motion toʻliq yuritmasi bor.

Volkswagen Teramont X narxi 2026
Volkswagen Teramont X Highline
2,0 l turbo, 220 ot kuchi, 7 pogʻonali robotlashtirilgan DSG, toʻliq yuritma

Black Style paketi (qora tom, 21 dyuymli qora disklar, qizil tormoz supportlari), IQ.Light matritsali faralar, panoramali tom, elektr yuritmali yukxona eshigi, uch zonali klimat-kontrol, old va orqa oʻrindiqlarni isitish, old oʻrindiqlarni shamollatish, 12 dyuymli multimedia tizimi, 10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli, proyeksion displey, simsiz zaryadlash, avtomatik favqulodda tormozlash tizimi, haydovchining tizza xavfsizlik yostigʻi.
662 500 000 soʻm

Kafolat 3 yil yoki 100 000 km yurgunga qadar amal qiladi. Yetti oʻrindiqli krossover: Volkswagen Teramont Pro narxi.

Rus tilida: цена Volkswagen Teramont X. Boshqa modellar: Volkswagen narxlari.

Реклама
Back to top button