Chevrolet Cobalt 2026 NarxiUzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

Cobalt MCM 10 mln so’mga arzonlashdi

Реклама

UzAuto Motors 30 sentabrda Chevrolet Cobalt Style MCM yana 10 mln so’m chegirma bilan sotilishini e’lon qildi: 156 100 000 o’rniga 146 100 000 so’m. U bilan birga aksiyaga Damas ham qaytdi, chegirma 15 mln so’m.

Avvalgi aksiya 10 sentabrda tugagan edi, demak zavod chegirmasiz 19 kun chidadi.

Avgustda, aksiya davomida, UzAuto Motors 12 245 ta Cobalt sotdi, iyulda esa 5 864 ta. Sentabr yakunlari hali e’lon qilinmagan, lekin chegirma raqamlarni kutmasdan qaytarildi.

Реклама

Rasmiy sabab ikkita: «mijozlardan kelib tushgan ko’plab murojaatlar» va 1 oktabr, O’qituvchi va murabbiylar kuni.

10 sentabrdan keyin kompaniya chegirma o’rniga to’rtta bankda 0% dan boshlanadigan avtokredit taklif qildi, narxning yarmidan boshlang’ich to’lov bilan foizsiz muddatli to’lov esa avgustdan beri ishlaydi. Ko’rinishidan, kredit ham, muddatli to’lov ham chegirmaning o’rnini bosa olmadi.

Chevrolet Cobalt chegirmali narxi: 2026 oktabr

ModelChegirmali narxi
Chevrolet Cobalt Style MCM146 100 000 so’m
156 100 000 o’rniga
chegirma 10 000 000 so’m

Style MCM avgustdagi narxda turibdi, Midnight MCM esa bu safar chegirmasiz: 165 200 000 so’m. Avgustda u 15 mln so’mga arzon sotilgan edi.

Chevrolet Damas chegirmasi: 15 mln so’m

ModelChegirmali narxi
Chevrolet Damas81 932 000 so’m
96 932 000 o’rniga
chegirma 15 000 000 so’m

Damasga chegirma ham avgustdagini takrorlaydi.

Cobalt chegirmasi shartlari: faqat to’liq to’lovda

Chegirma faqat to’liq to’lovda amal qiladi: muddatli to’lov va kreditga Cobalt to’liq narxda sotiladi. Aksiya muddatini zavod aytmadi, faqat mashinalar soni cheklanganini ogohlantirdi.

Muddatli to’lov va kredit bo’yicha zavod yangi shartlar e’lon qilmadi, demak avvalgilari amalda: versiyalar bo’yicha boshlang’ich va oylik to’lovlar Cobalt foizsiz muddatli to’lov tahlilida.

Cobaltga 0% muddatli to’lov aslida qancha turadi

Chegirmani muddatli to’lovning narxi deb hisoblasak, «foizsiz» muddatli to’lov yiliga taxminan 28% ga tushadi: naqd pulga Style MCM 146,1 mln, muddatli to’lovga 156,1 mln turadi.

11 oydan 17 oygacha har qanday muddatda xaridor bir xil 10 mln ortiqcha to’laydi, bu 18% li imtiyozli avtokreditdan ham, 23% li oddiy avtokreditdan ham qimmat. Bank krediti bilan ham Cobalt chegirmasiz sotiladi, ya’ni u yerda xaridor xuddi shu 10 mln ni yo’qotadi va ustiga bankka foiz to’laydi.

Ikki hafta oldin biz kuzda Cobaltga yangi chegirmalar bo’ladi deb taxmin qilgandik. Kuz 30 sentabrda keldi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button