Avtokredit Narxlari 2026Chevrolet Tracker Narxi 2026UzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

Tracker boʻlib toʻlashga 22 mln soʻm arzonladi

UzAuto Motors banklar orqali boʻlib toʻlashga sotiladigan Chevrolet Tracker narxini tushirdi. Tracker Redline 22 mln soʻmga arzonladi, lekin naqd pulga krossover baribir 25 mln soʻm arzon turadi.

Реклама

Статья доступна на русском языке.

UzAuto Motors 2026-yil 13-noyabrda boʻlib toʻlashga sotiladigan Chevrolet Tracker narxini tushirdi. Bank orqali olinganda Tracker Redline 260 474 080 soʻm turadi, bu preyskurantdan 22 mln soʻm arzon.

Ertalab zavod naqd toʻlovda Tracker uchun chegirmani ikki baravar oshirdi. Amalda boʻlib toʻlashdagi narxlar endi soʻnggi bir necha yilda naqd pulga sotilgan narxlar bilan bir xil.

Реклама

Tracker boʻlib toʻlashga 22 mln soʻm arzonladi

KomplektatsiyaBoʻlib toʻlashdagi narxChegirma
Tracker LS Plus215 951 360 soʻm5 000 000 soʻm
Tracker LTZ Plus229 108 480 soʻm15 000 000 soʻm
Tracker Premier Plus252 656 160 soʻm20 000 000 soʻm
Tracker Redline260 474 080 soʻm22 000 000 soʻm

Har bir versiya uchun oyiga qancha toʻlanishi Tracker toʻlov grafigida koʻrsatilgan.

Naqd pulga Tracker 25 mln soʻm arzon

Tracker Premier Plus boʻlib toʻlashda 252 656 160 soʻm, birdaniga toʻlaganda 227 656 160 soʻm turadi.

Tracker muddatli toʻlovga chegirma bilan 22 ta bankda beriladi

Chegirma zavodning hamkor banklari orqali xarid qilinganda amal qiladi. Ular orasida Kapitalbank, Agrobank, Davr Bank, Asakabank va Hamkorbank bor.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button