Avtokredit Narxlari 2026Chevrolet Cobalt 2026 NarxiUzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

Chegirmali Cobalt uchun avtokredit foizi 19,5% gacha tushirildi

Chevrolet Cobaltni chegirmali narxda kreditga olish arzonlashdi: yillik foiz 22% dan 19,5% gacha tushirildi. Boshlangʻich toʻlov 25% dan, uch yilga oylik toʻlov 4 mln soʻm.

Реклама

Статья доступна на русском языке.

Chevrolet Cobaltni chegirmali narxda avtokreditga olish arzonlashdi: yillik foiz 22% dan 19,5% gacha tushirildi. Style MCM bu kreditda ham naqdga olgandagidek 146 100 000 soʻm turadi.

Eng kam boshlangʻich toʻlov 25%, yaʼni 36 525 000 soʻm, muddat ikki yildan besh yilgacha. Uch yilga olinsa, oylik toʻlov 4 044 338 soʻm boʻladi.

Реклама

Foiz 22% boʻlganida oylik toʻlov 4 184 719 soʻm edi. Uch yilda xaridor bankka 5 mln soʻm kam toʻlaydi.

Cobaltni chegirmali narxda kreditga berish avgustda boshlangan. Boshqa imtiyozli avtokreditlarda Cobalt chegirmasiz, 156 100 000 soʻmga sotiladi.

Cobalt avtokrediti 19,5%: boshlangʻich va oylik toʻlov jadvali

Chevrolet Cobalt Style MCM, chegirma bilan 146 100 000 soʻm
Yillik 19,5%, oylik toʻlov
Boshlangʻich toʻlov24 oy36 oy48 oy60 oy
25%
36 525 000
5 550 1794 044 3383 305 2862 872 667
30%
43 830 000
5 180 1673 774 7153 084 9342 681 156
40%
58 440 000
4 440 1443 235 4702 644 2292 298 134

Cobalt kreditga aslida qanchaga tushadi

Boshlangʻich toʻlov 25% boʻlib, kredit uch yilga olinsa, xaridor bankka jami 145 584 555 soʻm qaytaradi. Shundan 36 009 555 soʻmi foiz.

Uch yillik sugʻurta 1 849 078 soʻm turadi va boshlangʻich toʻlov bilan birga toʻlanadi. Mashina olinadigan kuni 38 374 078 soʻm kerak boʻladi.

Boshlangʻich toʻlov va sugʻurta bilan birga Cobalt Style MCM 183 958 633 soʻmga tushadi.

Kapitalbankda uch yillik kredit foizi 12,5%, lekin Cobalt chegirmasiz sotiladi. U yerda Style MCM boshlangʻich toʻlov va sugʻurta bilan 183 221 988 soʻmga tushadi.

Chevrolet Cobalt sotuvi 2026-yilda

Cobalt sotuvi 2026-yilning toʻqqiz oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 27,4% ga kamaydi.

Noyabr boshida banklar Cobalt uchun foizsiz muddatli toʻlovda boshlangʻich toʻlovni tushirdi: Kapitalbank 25% gacha, Asakabank va InfinBANK 30% gacha.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button