Chevrolet Tahoe

UzAuto Motors Chevrolet Tahoe narxi oshdi: endi “mahalliy” moshina 1,464,500,000 so‘mdan

Chevrolet Tahoe High Country 2025 narxi

Реклама

UzAuto Motors yaqinda Tahoe’ning narxini oshirdi. Endi Chevrolet Tahoe High Country 2025 rasmiy narxi 1 464 500 000 so‘mni tashkil etadi. Bu taxminan 118 500 dollar.

Chevrolet Tahoe Narxi oshdi

Chevrolet Tahoe Narxi 2025Цена Шевроле Тахо
Chevrolet Tahoe Premier (снят с продажи)1 109 274 880 сумов
Chevrolet Tahoe High Country
1 464 500 000 сумов

Mart oyida O‘zbekistonda davlat xizmat mashinalariga oid siyosat tubdan o‘zgardi. Prezidentning topshirig‘idan so‘ng yuqori lavozimdagi amaldorlar Mercedes-Benz kabi xorijiy avtomobillardan voz kechib, UzAuto Motors tomonidan yetkazib beriladigan avtomobillarga o‘tishi kerakligi bildirildi. Natijada hokimlar va vazirlar uchun asosiy tanlov — Chevrolet Tahoe bo‘ldi.

Biroq bu o‘zgarish oddiy almashtirish emas, balki katta savollar tug‘diradigan jarayon. Chunki Chevrolet Tahoe aslida O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydi. Model Amerika bozoridan import qilinadi va faqat UzAuto Motors distribyutorligi orqali rasmiylashtiriladi.

Реклама

Taqqoslash uchun: AQSh bozorida Tahoe High Country’ning boshlang‘ich narxi 78–80 ming dollar atrofida. Demak, O‘zbekistonga olib kirilgach, avtomobil narxi deyarli 1,5 baravarga oshib ketmoqda. Bu qo‘shimcha qiymat bojxona to‘lovlari, soliqlar va distribyutorlik narxlash siyosati bilan bog‘liq.

Ammo asosiy e’tiroz shunda: nima uchun amaldorlar uchun eng qimmat komplektatsiya tanlandi? Odatda bozorda xaridorlar turli darajadagi konfiguratsiyalarni tanlaydi. Lekin davlat tizimida gap imidj va mavqega kelganda, har doim eng hashamatli, to‘liq jihozlangan variantlar olinadi.

Texnik jihatlar

Tahoe High Country texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha haqiqatan ham yuqori darajadagi SUV:

  • 6,2 litrli V8 benzin dvigatel, 420 ot kuchi va 624 N·m moment;

  • 10 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi, doimiy 4WD;

  • tezlanish 0–100 km/soat — 5,8 soniya;

  • tortish quvvati — 3,8 tonnagacha.

O‘lchamlari ham katta: uzunligi 5,37 metr, kengligi 2,06 metr, balandligi 1,94 metr. Sog‘lom vazni 2,7 tonnaga yaqin.

Ichki salon to‘liq “premium”: yog‘och va charm bezak, 17,7 dyuymli markaziy ekran, 11 dyuymli raqamli panel, Bose’ning 10 dinamikli audio tizimi.

Davlat xarajatlari va iqtisodiy savol

Tahoe texnik imkoniyatlari bilan tanqid qilish qiyin. Lekin savol boshqacha: nima uchun davlat byudjeti hisobidan eng qimmat konfiguratsiya olinmoqda? Bu mashinalar oddiy fuqarolar uchun emas. Ularni sotib oladiganlar soni cheklangan — asosan hokimlar, vazirlar, yuqori darajadagi rahbarlar.

Ya’ni, bozor mexanizmi bu yerda ishlamaydi. Bu xaridlar asosan “shtuchno” va faqat davlat hisobidan amalga oshiriladi. Shunday ekan, mantiqan eng qimmat komplektatsiyani tanlash iqtisodiy jihatdan asoslanmagan qaror. Aksincha, bu soliq to‘lovchilar mablag‘ining bevosita davlat apparatini hashamat bilan ta’minlashga sarflanishini anglatadi.

Chevrolet Tahoe High Country 2025 — texnik ko‘rsatkichlari, salohiyati va jihozlari bilan yuqori darajadagi avtomobil. Lekin uning narxi O‘zbekistonda 1,46 milliard so‘mga yetgani, eng qimmat komplektatsiyaning tanlanganligi va bu xarajatlar amalda soliq to‘lovchilar zimmasiga tushishi jiddiy savollar tug‘diradi.

Bu jarayon “milliylashtirish” yoki “import o‘rnini bosish” siyosati sifatida ko‘rsatilsa-da, aslida Tahoe hanuz chetdan import qilinmoqda. Faqatgina distribyutorlik kanali o‘zgardi. Natijada esa, amaldorlar Mercedes’dan voz kechib, yana bir qimmat, hashamatli va xalq mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladigan avtomobilga o‘tirishdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button