UzAuto Motors yangi rahbari: Yanosh Kovach bosh direktor bo‘ldi
UzAuto Motors’ga yangi bosh direktor tayinlandi: endi kompaniyani Yanosh Kovach boshqaradi. UzAuto Motors kuzatuv kengashi qaroriga binoan kompaniya bosh direktorligiga avtomobil sanoatining tajribali mutaxassisi, General Motors va VinFast kompaniyalarida ishlagan Janosh Kovach tayinlandi. U ilgari O‘zbekistonda ham ishlab, GM Powertrain Uzbekistan va UzAuto Peugeot Citroën loyihalarida faoliyat yuritgan.

UzAuto Motors kuzatuv kengashining qaroriga binoan kompaniyaning yangi bosh direktori etib Janosh Kovachtayinlandi. U uzoq yillik xalqaro tajribaga ega bo‘lgan avtomobil sanoati mutaxassisi bo‘lib, ilgari General Motors, Opel, GM Powertrain Uzbekistan, UzAuto Peugeot Citroën Automotive va VinFast Automotive kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Yanosh Kovach kim?
Yanosh Kovach Vengriyada tug‘ilgan, Budapesht texnika universitetining “Avtomobil texnologiyalari muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. U 20 yildan ortiq vaqt davomida global avtomobil sanoatida faoliyat yuritib, ishlab chiqarish jarayonlari, sifat nazorati va elektromobil platformalari ustida ishlagan.
O‘zbekiston bilan aloqalari
Kovach O‘zbekiston avtomobil sanoatiga begona emas:
-
2010–2013 yillarda u GM Powertrain Uzbekistan zavodida ishlab chiqarish direktori sifatida faoliyat yuritgan;
-
2018–2019 yillarda esa UzAuto Peugeot Citroën Automotive loyihasida bosh direktor o‘rinbosari bo‘lgan. Bu loyiha oxir-oqibat amalga oshmagan bo‘lsa-da, Kovach mahalliy sanoat tizimi bilan yaqindan tanish bo‘lib ulgurgan.
2021 yildan buyon u UzAuto Motors’ning Kuzatuv kengashi a’zosi va audit qo‘mitasi tarkibiga kirgan.
So‘nggi faoliyati
2019–2022 yillarda Kovach Vyetnamdagi VinFast kompaniyasida elektromotor, elektrobus va shassi ishlab chiqarish uchastkasi rahbari sifatida ishlagan. VinFast – elektromobillar bozoridagi eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Nega aynan hozir?
Yanosh Kovach Odiljon Bastamqulov o‘rniga tayinlandi. Bastamqulov esa o‘z navbatida, kompaniyani tark etgan Bu Inge Andersondan keyin lavozimga tayinlangandi.
Yangi rahbarning asosiy vazifasi sifatida UzAuto Motors’ni Jahon savdo tashkiloti (JST)ga kirish arafasidagi yangi bosqichga tayyorlash bo‘lishi mumkin.
Bojxona to‘lovlari (“rastamojka”) hali bekor qilinmasa-da, bozor sharoitlari o‘zgarishi kutilmoqda. Mahalliy monopolist sifatida UzAuto Motors o‘z pozitsiyasini saqlab qolish va zamonaviy raqobat sharoitlariga moslashishi kerak bo‘ladi.
🔗 Manba: Autostrada.uz