UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

UzAuto Motors Halolmi?

UzAuto Motors (UZMT) aksiyalari halol investitsiya tamoyillariga mos keladi. UzAuto Motors faoliyati va moliyaviy ko‘rsatkichlarini baholash AAOIFI xalqaro halol mezonlari bo‘yicha amalga oshirildi.

Реклама

UzAuto Motors (#UZMT) aksiyalari xalqaro halol mezonlari boʻyicha saralandi, dedi #UZMT IPO anderrayteri Freedom Broker.

UzAuto Motors (UZMT) Halol

UzAuto Motors faoliyati va zavodning moliyaviy ko‘rsatkichlari (taqiqlangan daromadlar ulushi, taqiqlangan aktivlar ulushi va taqiqlangan majburiyatlar va moliyalashtirish ulushi) AAOIFI mezonlari bo‘yicha baholandi va tahlil qilindi.

AAOIFI – Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti Bahraynda joylashgan notijorat tashkilot bo’lib, islom moliya institutlari va umuman moliya sanoatida shariat standartlarini saqlash va targ’ib qilish uchun tashkil etilgan.

Реклама

Aktivlarni halol bo‘yicha baholash UzAuto Motors’ning davlat moliyaviy hisobotlari, jumladan, 2022-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichlari asosida amalga oshirildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button