Mirziyoyev yo‘l kameralarini tanqid qildi: Radar bor, tartib yo‘q
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatdagi yo‘l harakati tizimi bo‘yicha jiddiy tanqidlar bildirdi. Jumladan, u yo‘llarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining faqat jarima yozish uchun emas, balki avariyalarni oldini olish va tirbandlikni kamaytirish uchun ishlatilishi kerakligini ta’kidladi.

16-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi yo‘l harakati tizimi va infratuzilmasidagi kamchiliklarni keskin tanqid qildi.
Kameralar faqat jarima yozish uchun emas, balki transport oqimini boshqarish, tirbandlik va avariyalarni kamaytirish uchun xizmat qilishi kerak Prezident Shavkat Mirziyoyev
Kamera bor, tartib yo‘q: Mirziyoyev yo‘l nazorat tizimini tanqid qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yo‘l harakati infratuzilmasi va transport boshqaruvi borasidagi vaziyatni keskin tanqid qildi.
Kameralar faqat jarima uchun emas, xavfsizlik uchun ham ishlashi kerak
Davlat rahbari ta’kidladi: yo‘llarda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari hozircha faqat qoidabuzarliklarni qayd etish va jarima yozish uchun ishlatilmoqda. Aslida esa bu kameralar transport oqimini boshqarish, avariyalarni kamaytirish va tirbandliklarni oldini olishga xizmat qilishi kerak.
“Kameralar bor, lekin tartib yo‘q” – ana shunday fikr bugun ko‘pchilik fuqarolarning dilida. Ularning fikricha, kameralar joylashtirilgan nuqtalarda tartib-intizom emas, faqat jarima kutib turadi.
Aholi jamoat transportidan norozi
Mirziyoyev jamoat transporti sifati bo‘yicha ham aholi noroziligini ochiq tan oldi. “Aholi jamoat transportining sifati va yo‘llardagi tirbandliklardan mutlaqo norozi”, — dedi u.
61 trln so‘m ajratilgan, lekin natija ko‘rinmayapti
Oxirgi 7 yil davomida yo‘l qurilishi va ta’miriga 61 trillion so‘m sarflangan. Bu mablag‘larning katta qismi xalqaro va respublika yo‘llariga yo‘naltirilgan. Lekin aynan shu yo‘llarda o‘lim bilan tugagan avtohalokatlarning 75–80 foizi sodir bo‘lmoqda.
Aqlli tizimlar nega ishlamayapti?
Prezident svetoforlarni “aqlli” tizimga o‘tkazish, yo‘l belgilari va chiziqlarini yangilash ishlari sust kechayotganini ham tanqid qildi. U yana bir bor eslatdi: sun’iy intellekt asosida Toshkent transportini boshqarish loyihasi taqdim etilganiga ancha vaqt bo‘lgan, lekin amalda sezilarli natija yo‘q.
🛠 Kameralarni tekshirish topshirig‘i
Eslatib o‘tamiz, may oyida hukumat Ichki ishlar vazirligiga barcha YHQ buzilishi kameralarini va radarlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazishni topshirgan edi. Texnik talabga javob bermaydigan yoki noqonuniy o‘rnatilgan qurilmalar olib tashlanadi.