Chevrolet Equinox

Chevrolet Equinox PHEV narxlari e’lon qilindi

Chevrolet Equinox narxi: gibrid Equinox Activ PHEV O‘zbekistonda qancha turadi. Chevrolet Equinox narxi e’lon qilindi: UzAuto Motors gibrid Equinox PHEV Activ’ni 463,5 va 478,5 mln so‘mdan sotadi. Bu O‘zbekistondagi birinchi gibrid Chevrolet, ikki komplektatsiyada: elektrda 80 va 120 km yuradigani. Gibrid Equinox narxi Xitoydagidan 1,6 baravar qimmat, BYD Song Plus UzPride’dan esa 68,8 va 76,3 mln so‘m yuqori.

Реклама

Chevrolet Equinox narxi ma’lum bo‘ldi. UzAuto Motors gibrid Equinox PHEV Activ uchun 463,5 va 478,5 million so‘m so‘raydi. Gibrid Equinox narxi Xitoydagi xuddi shu mashinadan 1,6 baravar qimmat, Jizzaxda yig‘iladigan BYD Song Plus UzPride’dan esa 70 million atrofida yuqori.

Ko‘pchilik Chevrolet’ning birinchi gibridi Captiva bo‘ladi deb kutgan edi. Chiqmadi. Birinchi bo‘lib Equinox keldi, u ham ikki variantda: Activ 80KM va Activ 120KM. Raqamlar elektrda necha kilometr yurishini bildiradi. Faqat bu raqamlarga darrov ishonib qo‘ymang, pastda tushuntiramiz.

Gibrid Equinox O‘zbekistonda qancha turadi

KomplektatsiyaNarxi, so‘mDollarda
Equinox PHEV Activ 80KM, batareya 17 kVt·soat463 500 000~ $39 300
Equinox PHEV Activ 120KM, batareya 24 kVt·soat478 500 000~ $40 600

Endi Xitoyga qaraymiz. Bizdagi Activ 120KM u yerda eng qimmat versiya hisoblanadi va 179 900 yuan turadi. Bu 25 ming dollar atrofida. Toshkentda xuddi shu mashina 40 600 dollar. Farqi 15 ming dollardan oshadi. Shuncha pulga Xitoydan yana yarim mashina olsa bo‘ladi.

Реклама

UzAuto Motors monopolist bo‘lgani uchun narxni kamida 15 kun oldin e’lon qilishi kerak. Demak, avtosalonlarda mashina sentyabr oxiridan oldin paydo bo‘lmaydi.

Song Plus UzPride bilan qaysi biri yaxshi

Equinox’ning asosiy raqibi ko‘z oldimizda: BYD Song Plus UzPride. Tashqi ko‘rinish va jihozlar bo‘yicha Chevrolet chiroyliroq va boyroq. Lekin narxni yonma-yon qo‘ysangiz, kayfiyat buziladi: Song Plus 387,2 va 409,7 million so‘m turadi. Ya’ni Equinox kichik versiyada 76,3 million, katta versiyada 68,8 million so‘m qimmat.

Nima taqqoslanadiEquinox PHEV ActivSong Plus DM-i UzPride
Uzunlik × kenglik × balandlik, mm4653 × 1902 × 17284775 × 1890 × 1670
G‘ildirak bazasi, mm27302765
Yukxona, l648574
Batareya, kVt·soat17 yoki 2418,3 yoki 26,6
Elektrda yurish, km80 yoki 120 (WLTC)110 yoki 150 (NEDC)
Benzin motor1,5 turbo, 132 kVt1,5 oddiy, 81 kVt
Elektromotor, kVt140145
Umumiy quvvat369 o.k., 565 N·m197 o.k.
0-100 km/soat, s7,08,3-8,5
Benzin sarfi, l/100 km6,13 (egalarida 7,0)4,4 atrofida
Tez quvvatlash (DC)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button