Volkswagen kreditga va foizsiz boʻlib toʻlashga: Kapitalbank shartlari
Kapitalbank Volkswagen avtomobillari uchun foizsiz boʻlib toʻlash va imtiyozli kredit taklif qila boshladi. Foizsiz muddatli toʻlov 24 oygacha, buning uchun boshlangʻich toʻlov 70%, 25% boshlangʻich toʻlovli kredit esa 60 oygacha beriladi.

Статья доступна на русском языке.
Kapitalbank Volkswagen bilan hamkorlikda ushbu marka avtomobillari uchun 0% boʻlib toʻlash va imtiyozli avtokredit taklif qila boshladi.
Kapitalbank 24 oygacha foizsiz muddatli toʻlov beradi, penya va jarimalar yoʻq. Boshlangʻich toʻlov 25% boʻlsa foizsiz muddat 6 oy, 45% boʻlsa 12 oy, 24 oyga esa 70% toʻlash kerak.
Lavida XR Trend Line (209 900 000 soʻm) uchun 70% boshlangʻich toʻlov bilan 24 oy davomida har oy 2 623 750 soʻm toʻlanadi.
Avtokredit esa 25%dan boshlangʻich toʻlov bilan 60 oygacha, yillik 0%dan 17,87%gacha stavkada beriladi.
Avvalroq bank Porsche va Toyota avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlovni yoʻlga qoʻygan edi.
Volkswagen toʻlov grafigi: 24 oyga foizsiz toʻlov jadvali
| Volkswagen Lavida XR | |
|---|---|
| Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oy | Oylik toʻlov |
| Trend Line, 209 900 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 146 930 000 soʻm | 2 623 750 soʻm |
| Comfort Line, 229 900 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 160 930 000 soʻm | 2 873 750 soʻm |
| Volkswagen Tharu XR | |
|---|---|
| Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oy | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 296 250 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 207 375 000 soʻm | 3 703 125 soʻm |
| Highline, 325 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 227 500 000 soʻm | 4 062 500 soʻm |
| Volkswagen Passat Pro | |
|---|---|
| Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oy | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 468 750 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 328 125 000 soʻm | 5 859 375 soʻm |
| Flagship, 525 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 367 500 000 soʻm | 6 562 500 soʻm |
| Volkswagen Tiguan L Pro | |
|---|---|
| Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oy | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 482 500 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 337 750 000 soʻm | 6 031 250 soʻm |
| R-Line, 530 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 371 000 000 soʻm | 6 625 000 soʻm |
| Volkswagen Teramont X | |
|---|---|
| Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oy | Oylik toʻlov |
| Highline, 662 500 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 463 750 000 soʻm | 8 281 250 soʻm |
| Volkswagen Teramont Pro | |
|---|---|
| Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oy | Oylik toʻlov |
| Comfort Line, 750 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 525 000 000 soʻm | 9 375 000 soʻm |
| Highline, 825 000 000 soʻm boshlangʻich toʻlov 577 500 000 soʻm | 10 312 500 soʻm |
Kapitalbank avtokrediti: Volkswagen uchun oylik va ortiqcha toʻlov
Lavida XR Trend Line 25% boshlangʻich toʻlov bilan besh yilga eng yuqori stavka (yillik 17,87%) bilan kreditga olinsa, oylik toʻlov 3 986 436 soʻm boʻladi. Besh yilda ortiqcha toʻlov 81,8 mln soʻmga yetadi.
2026-yil avgustida banklarning jismoniy shaxslarga bir yildan uzoq muddatga bergan kreditlari boʻyicha oʻrtacha stavka yillik 21,2% edi.
Kapitalbankda halol nasiya
Halol nasiyada (islomiy moliyalashtirish) foiz oʻrniga avtomobil narxiga qatʼiy belgilangan ustama qoʻshiladi. Kapitalbank bunday avtonasiyani 2025-yil noyabridan beri taklif qiladi.
Volkswagen uchun shartnoma olish: Toshkent va viloyatlardagi dilerlar
Volkswagenning Tashkent Citydagi flagman saloni 2026-yil 17-iyunda, markaning Oʻzbekiston bozoriga rasman kirgan kuni ochildi.
Undan tashqari, Volkswagenning dilerlik markazlari Toshkentda Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida, viloyatlarda esa Buxoro, Samarqand va Qashqadaryoda bor. Sentabrda ularga Toshkentda Drive On va Samarqandda Turon Auto qoʻshildi.
Oʻzbekistonda markaning oltita modeli sotilmoqda. Volkswagen narxlari Lavida XR Trend Line uchun 209 900 000 soʻmdan boshlanib, Teramont Pro Highline uchun 825 000 000 soʻmgacha yetadi.





