Hyundai Creta NarxiUzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

GM Uzbekistan yetkazsh sanasi xabarnoma yuboradi

Prezident topshirig‘iga muvofiq, UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mijozlariga avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yuborishi kerak.

Реклама

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yakunida UzAuto Motors avtomobillari yetkazib berish muddati cho‘zilib ketayotganiga yana bir bor to‘xtaldi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari yana avtomobil uchun navbatlar mavzusiga qaytib, navbatda turgan har bir buyurtmachiga „UzAuto Motors“ kompaniyasi tomonidan avtomobil yetkazib beriladigan aniq sana ko‘rsatilgan xabarnoma yo‘llash bo‘yicha topshiriq berdi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq, prezident 1 mayga qadar navbatlarni bartaraf etish va UzAuto Motors avtomobillari uchun oldindan to‘lov 85 foizdan 50 foizgacha kamaytirishga ko‘rsatma bergandi.

Реклама

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button