Chevrolet Onix NarxiChevrolet Tracker Narxi 2025UzAuto MotorsUzAuto Motors (GM Uzbekistan) NarxlariUzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Rassrochka yopildi: Tracker va Onix uchun foizsiz muddatli to‘lov bekor qilindi

Chevrolet Tracker va Onix endi nasiya asosida sotilmaydi — foizsiz to‘lovlar yopildi. Tracker va Onix uchun foizsiz nasiya to‘lovlari bekor qilindi — endi faqat bank orqali

Реклама

Chevrolet Tracker va Onix uchun rassrochka yopildi.

Endi Chevrolet Tracker va Onix modellari bo‘yicha 0% yillik stavkali muddatli to‘lov faqat bank orqali amalga oshiriladi.

UzAuto Motors Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillari uchun taqdim etilgan foizsiz rassrochka dasturini to‘xtatdi. Ushbu nasiya savdo 2025-yil fevral oyidan buyon amal qilib kelayotgan edi, mashinalar chegirmalarsiz — to‘liq narxda sotilgan.

Реклама

Rassrochkaning yopilishi ushbu modellarning savdosi keskin kamaygani fonida yuz berdi — avtosalon omborlarida 9 mingdan ortiq Tracker va Onix yig‘ilib qolgan, yarim yillik ishlab chiqarish va sotuv hajmlari orasida esa 1,5 baravar tafovut yuzaga kelgan.

UzAuto Motors yangi avtokredit ishga tushirdi

Shu bilan birga, imtiyozli avtokredit dasturlari hanuz davom etmoqda. Xususan, Asaka bank orqali 0% yillik stavka bilan Tracker xarid qilish mumkin — boshlang‘ich to‘lov 50%, muddatli to‘lov muddati esa 22 oy.

Avvalroq shunga o‘xshash nasiya dasturi Kapitalbank orqali ham taqdim etilgan edi.

Rassrochkadagi kabi, ushbu kreditlar ham avtomobilning to‘liq narxida (ya’ni hech qanday chegirmalarsiz) rasmiylashtiriladi.

Jismoniy shaxslar uchun daromadi tasdiqlangan taqdirda foiz stavkalari 0% dan 19% gacha belgilangan. Bu stavka boshlang‘ich to‘lov miqdori (20% dan 70% gacha) va kredit muddati (13 oydan 60 oygacha) asosida belgilanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button