Avtokredit Narxlari 2024Kia в Узбекистане — Kia NarxlariUzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Avtokredit Asia Alliance Bank Kia va UzAuto (GM Uzbekistan)

Реклама

Asia Alliance Bank KIA va UzAuto Motors (GM Uzbekistan) yangi avtomobillari uchun avtokreditlar beradi. Oldindan to’lov – avtomobil narxining kamida 25%, kredit muddati – 48 oygacha, foiz stavkasi – yillik 23%

Asia Alliance Bankda Kia va Chevrolet Avtokredit

AVTOKREDIT – O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (KIA, UzAuto (GM Uzbekistan) va ichki bozorda rasmiy dilerlar tarmog’i orqali realizasiya qilinadigan avtomobillarini xarid qilish uchun iste’mol krediti.

Avtokredit oluvchi tomonidan Avtomobil qiymatining kamida 25% miqdorida boshlang’ich badal to’lanishi sharti bilan Avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi.

Avtokredit oluvchilar kredit muddatiga qarab quyida taqdim qilinayotgan shartlardan biriga asoslangan holda o’ziga qulay foizni tanlashlari mumkin:

Реклама

 Boshlang’ich badal miqdori  

  Kredit muddati 

  Foiz stavkasi

Avtomobil narxining 25 %idan kam bo`lmagan miqdorda

  12 oygacha

yillik 23%

48 oygacha yillik 25%

Bank Avtokredit oluvchiga avtokredit bo’yicha oylik to’lov hisoblanish usulni tanlash imkoniyatini taqdim qiladi. Birinchisi – to’lovlar har oyda bir xil bo’ladi (annuitet), ikkinchisi esa – vaqt o’tishi bilan ular kamayib boradi (differensial usul).

Mijozning kreditni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlari kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransportni sug’urtalash va garovni rasmiylashtirish bo’yicha chiqimlarnigina o’z ichiga oladi. Avtomobilni xarid qilish uchun kreditlar berilishi va kreditga xizmat ko’rsatilish bo`yicha hech qanday qo’shimcha to’lovlar mavjud emas.

Avtotransport garovini sug’urtalash bo’yicha sug’urtalanuvchining to’lov puli miqdori kredit summasining 125%idan hisoblab chiqiladi.

Bank tomonidan kredit bo’yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Kredit hisobiga xarid qilinayotgan avtotransport vositasini garovga qo’yish (asosiy garov);
  • Sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik havfini sug`urta qilish polisi (qo’shimcha ravishda).

Kredit olish uchun Bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  1. Kredit olish uchun ariza.
  2. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, istiqomat uchun berilgan guvohnoma va h.k.)
  3. Daromadlarini tasdiqlovchi hujjat.
  4. Avtomobilni yetkazib berish to’g’risida shartnoma..
  5. Kredit ta’minoti bo’yicha hujjatlar.

Bank Avtokredit oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining to’lov qobiliyatini yanada to’liq tahlil etish uchun qo’shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.

2 Комментариев

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button