UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

​👮‍♂«GAI» sizni to‘xtatganda…

Реклама

Agar sizni «GAI» to‘xtatsa, uni aynan shu hududga biriktirilgani haqidagi dislokatsiyani so‘rang. U ko‘p hollarda hududidagi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining saf bo‘limi boshlig‘ida saqlanadi va uni 15 kun ichida yozma ravishda olishingiz mumkin. Maxsus tadbir vaqtida to‘xtatilsangiz, unda uning boshlig‘iga rostan ham maxsus tadbir o‘tkazilmoqdami bilish maqsadida qo‘ng‘iroq qiling. Raqamini qonun bo‘yicha sizni to‘xtatgan «GAI» berishi kerak.

❗️Quyidagi hollarda «GAI» sizni mashinangizdan chiqishingizni talab qilishi mumkin (mashinadan chiqishga halaqit qiluvchi jismoniy nuqsoni borlar mustasno):

Реклама

👉🏻 Texnik nosozlikni yoki yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etishda;
👉🏻 Mast bo‘lsangiz;
👉🏻 Raqamlar (dvigatel va agregat) bilan bog‘liq muammolarda;
👉🏻 Yuk hujjatlarini tekshirish uchun;
👉🏻 Jinoyat sodir etishda gumonlansa;
👉🏻 haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda.

❗️«GAI» majbur:

♦️ vazifasini xizmat kameralaridan foydalanib oshkora olib borish;
♦️ to‘xtatganidan keyin uning oldiga borish, o‘zini tanishtirish, lavozimi, unvoni, familiyasi haqida ma’lumot berish, uning talabiga ko‘ra ko‘krak nishon belgisini ma’lum qilish va xizmat guvohnomasini ochiq holda (bunda YPX xodimi tomonidan xizmat guvohnomasini yo‘l qatnashchisi ixtiyoriga berish taqiqlanadi) ko‘rsatish;
♦️ mobil video kameradan foydalanayotganini haydovchiga ma’lum qilish, keyinchalik undan foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantirish;
♦️ muomala madaniyatiga amal qiladi va «SIZ» deb gapiradi;
♦️ to‘xtatish sababini aniq tushuntirish;
♦️ tezlikni oshirgan shaxsga moslamani va qiyoslash sertifikatini ko‘rsatish va boshqa huquqlar.

E’tibor bering! «Akaxon sal yengillashtirib bering» yoki «bo‘pti aka-ukachilikka remenga yozib beraman» deyish ta’qiqlanadi. «GAI» xodimi archa yoki shunga o‘xshash narsalarning orqasida yashirinib xizmat qilishi qonunan mumkin emas. «GAI» xodimi o‘ziga biriktirilgan hudud dislokatsiyasidan tashqarida qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qaroriga ILOVA “Yo‘l-patrul’ xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

Back to top button