Cobalt shartnoma olish onlayn ro’yxati
UzAuto Motors Cobalt shartnomalarini ochdi: Uz Auto Savdo orqali onlayn yoki avtosalonda olish mumkin. Cobalt narxi va uzavtosavdo.uz shartnoma olish ro'yxati.

28-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt uchun shartnoma olish ochildi. Mijozlar shartnomani ham onlayn, ham rasmiy avtosalonlar orqali olishlari mumkin.
Cobalt shartnoma olish: qayerdan
UzAuto Motors bu safar onlayn savdo va avtosalon kanallarini parallel ishlatish to’g’risida qaror qabul qildi. Shartnoma olish uchun ikki yo’l mavjud:
Onlayn: faqat uzavtosavdo.uz veb-sayti orqali. Mobil ilova orqali shartnoma olish imkoniyati yo’q: ilovada faqat navbat va boshqa ma’lumotlarni ko’rish mumkin. Tizimga kirish OneID akkaunti orqali amalga oshiriladi.
Avtosalonda: Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida menejer yordamida.
Cobalt shartnoma olish onlayn: qadamlar
Cobalt onlayn shartnoma olish jarayoni quyidagicha:
- OneID tizimida ro’yxatdan o’tish (agar oldindan akkaunt bo’lmasa).
- uzavtosavdo.uz saytiga kirish yoki UzAuto Savdo ilovasini yuklab olish.
- Login va parol orqali tizimga kirish.
- Cobalt modelini, komplektatsiyani, rangni va dilerlik markazini tanlash.
- Shartnomani onlayn olish va to’lov bo’yicha ko’rsatmalarga amal qilish.
Cobalt shartnoma 2026: nima o’zgardi
Oldingi onlayn savdo 2025-yil 3-noyabrda bo’lib o’tgandi: o’shanda qariyb 100 ming shartnoma olingan, ammo ayrim pozitsiyalar bo’yicha bir hafta ichida 50% dan 80% gacha shartnoma to’lanmagan. Shundan so’ng zavod savdoni avtosalonlar orqali davom ettirgan va assortimentni asosan qimmatroq MCM versiyalari bilan cheklab qo’ygan edi.
Bu safar UzAuto Motors onlayn kanalga qaytdi. Avtosalonlarda avtomobillar erkin mavjud bo’lgan sharoitda onlayn savdoga qaytishning izohi bitta: xaridorlar uchun qulaylik. uzavtosavdo.uz saytida shartnoma olish avtosalonga borishdan haqiqatan ham qulayroq.
Cobalt narxlari 2026
| Цена Chevrolet Cobalt Narxi 2026 | |
|---|---|
| Chevrolet Cobalt Style MCM 1,5 л, АКПП-6 Кондиционер, литые диски, противотуманные фары, мультимедиа с дисплеем 7" и Bluetooth, кнопки на руле, круиз-контроль, подогрев передних сидений, мотор адаптирован под газ, защита картера. | 156 100 000 сумов 146 100 000 сумов при оплате сразу |
| Chevrolet Cobalt Midnight MCM 1,5 л, АКПП-6 Как Style MCM, отличия: черные диски и зеркала, черные вставки на руле, фары с матово-серой отделкой, серая окантовка задних фонарей, кожаная обивка сидений. | 165 200 000 сумов |
Xaridorlar uchun ogohlantirish
Onlayn shartnoma olish mutlaqo bepul: tizimga kirish yoki «tezkor xizmat» uchun hech kimga pul to’lash shart emas. UzAuto Motors mijozlardan OneID parollari va shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslikni so’raydi: firibgarlar bu ma’lumotlardan foydalanib akkauntga kirib qolishi mumkin.






Jizzax viloyati Jizzax shaxar
mirabbos678@gmail.com