UzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

Chevrolet Damas arzonlashdi

Реклама

Chevrolet Damas 15 mln so‘mga arzonlashdi

UzAuto Motors Chevrolet Damas uchun 15 mln so‘mlik bayram chegirmasini e’lon qildi. 3-avgustdan boshlab modelning eng arzon versiyasini 78,156 mln so‘mga xarid qilish mumkin.

Chegirma Damas’ning uchta pozitsiyasiga tatbiq etiladi:

PozitsiyaChegirmali narx
Chevrolet Damas Van78 156 000 so‘m
Chegirma — 15 000 000 so‘m
Chevrolet Damas Kombi81 449 000 so‘m
Chegirma — 15 000 000 so‘m
Chevrolet Damas D2 Style81 932 000 so‘m
Chegirma — 15 000 000 so‘m

Aksiyagacha Damas Van 93,156 mln so‘m, Kombi 96,449 mln so‘m, D2 Style esa 96,932 mln so‘m turardi.

Реклама

Maxsus narxlar 2026-yil 10-sentabrgacha amal qiladi. Chegirmadan foydalanish uchun avtomobil qiymatini 100 foiz to‘lash talab etiladi.

Tijorat banklari orqali avtokredit yoki boshqa moliyalashtirish dasturlari asosida xarid qilinganda aksiya shartlari tatbiq etilmaydi. Demak, bu doimiy narx pasayishi emas, balki to‘liq to‘lov uchun berilayotgan vaqtinchalik chegirmadir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button