BYD Song Plus DM-i (gibrid) uchun imtiyozli avtokredit
BYD, Ipoteka Bank va Orient Finans Bank BYD Song Plus DM-i gibrid avtomobillari uchun kreditlash dasturi ishga tushirilganini e'lon qildi.

BYD kompaniyasi BYD Song Plus Champion DM-i uchun imtiyozli avtokredit taklif etadi: gibrid avtomobil uchun foiz stavkalari bozor narxlaridan past – yillik 21,9% dan 18,9% gacha.
50% dastlabki toʻlov bilan BYD Song Plus Champion oyiga 5,3 million soʻmga tushadi.
Ushbu dastur doirasida o’rtacha bozor narxlaridan past foiz stavkalari belgilangan.
Kredit bo’yicha yillik stavka 21.9% dan 18.9% gachani tashkil etadi va mijozning dastlabki to’lov miqdoriga qarab belgilanadi.
BYD Song Plus DM-i uchun imtiyozli avtokredit Foiz stavkasi va kredit muddati: 18,9%, 5 yil
Model va Komplektatsiya | Dastlabki to’lov — avto narxining 50% | Oylik to’lov |
BYD SONG PLUS Champion DM-i 110km Flagship | 193,600,000 | 5,011,445 |
BYD SONG PLUS Champion DM-i 150km Flagship | 204,850,000 | 5,302,657 |
BYD avtomobillari uchun avtokreditning asosiy shartlari
BOSHLANG’ICH TO’LOV | YILLIK FOIZ STAVKASI | KREDIT MUDDATI |
20% dan | 21.9% | 60 oygacha (5 yil) |
30% dan | 20.9% | 60 oygacha (5 yil) |
40% dan | 19.9% | 60 oygacha (5 yil) |
50% dan | 18.9% | 60 oygacha (5 yil) |
BYD kreditlashning muhim jihatlari:
-
Daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnomasiz: BYD avtokreditini rasmiylashtirishning afzalliklaridan biri – ariza ko’rib chiqilishi uchun rasmiy daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnomani taqdim etish zaruriyatining yo’qligi.
-
Avtokredit sug’urtasi: Qarz olish uchun sug’urta rasmiylashtirish talab etiladi. Polisning yillik qiymati kredit summasining 0,6% dan 1,8% gachasini tashkil etadi. Sug’urta butun kredit davri uchun bir yo’la to’lanadi.
-
Sug’urtani qaytarish: BYD avtokreditini muddatidan oldin so’ndirishda siz sug’urta uchun to’langan mablag’larning bir qismini qaytarib olish imkoniyatiga egasiz.
-
Sug’urta shartlari: Sug’urta polisining batafsil shartlari bank-hamkor va uning sug’urta kompaniyasi tomonidan belgilanadi.
-
Ta’minot: Sotib olinayotgan BYD avtomobilingiz va unga rasmiylashtirilgan sug’urta polisi avtokredit bo’yicha garov sifatida xizmat qiladi.
-
Qarz yuki: Qarz oluvchining umumiy qarz yuki uning oylik daromadining 50% dan oshmasligi muhim.
BYD avtokreditini rasmiylashtirish uchun hujjatlar:
Avtokreditga ariza berish uchun sizga minimal hujjatlar to’plami kerak bo’ladi:
-
Pasport yoki ID-karta.
-
BYD rasmiy avtodileri bilan shartnoma.
-
Garovdagi avtomobilning sug’urta polisi.
BYD avtokreditini qayerda rasmiylashtirish mumkin?
BYD avtomobillari uchun avtokreditlash dasturlari quyidagi rasmiy dilerlik markazlarida mavjud:
-
Astana Motors Company
-
Voris Motors Keles
-
MK Direct
-
Beni Motors
-
A-Autozone
-
Uniland — Megawatt
-
Bedachi
Autostrada ma’lumotlariga ko’ra, nashr etilgan vaqtda faqat 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar mavjud.
Avtokredit quyidagi modellarga amal qiladi:
- BYD Song Plus Champion DM-i (2024/2025 yil)
- BYD Song Pro (2025 yil)
- BYD Chazor (2025 yil)