Kia K3 0% muddatli to‘lovga chiqarildi: narxi va oylik to‘lovlar grafigi

Kia K3’ni 50% boshlang‘ich to‘lov bilan 12 oyga foizsiz bo‘lib to‘lash mumkin. Bunda Luxe uchun oyiga qariyb 10 mln so‘m, GT-Line uchun esa 12,5 mln so‘mdan to‘lanadi.
Kia K3 kredit dasturida ikkita bank ishtirok etadi. Aloqa Bank 0%dan boshlanadigan imtiyozli stavkalarni taklif qilmoqda. Asaka Bank orqali esa avtomobilni besh yilgacha oddiy avtokreditga, jumladan rasmiy daromadsiz ham olish mumkin.
Kia K3 0% rassrochka: Aloqa Bank shartlari
Aloqa Bank dasturida boshlang‘ich to‘lov 25%dan boshlanadi, kredit muddati esa 60 oygacha davom etadi. Kia K3’ni bo‘lib to‘lash stavkasi kiritilgan mablag‘ va tanlangan muddatga bog‘liq.
| Boshlang‘ich to‘lov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 36 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% | 7,5% | 11,5% | 13,5% | 15,5% | 16,5% | 17,5% |
| 30% | 6,5% | 10,5% | 12,9% | 15% | 16% | 16,9% |
| 40% | 3,9% | 8,9% | 11,5% | 14,5% | 15,5% | 16,5% |
| 50% | 0% | 6,5% | 9,9% | 12,9% | 14,5% | 15,5% |
| 60% | 0% | 3,5% | 7,5% | 11,5% | 13,5% | 14,5% |
| 70% | 0% | 0% | 2,5% | 7,9% | 10,9% | 12,5% |
Demak, Kia K3’ni 50% boshlang‘ich to‘lov bilan faqat 12 oyga foizsiz olish mumkin. 18 oylik 0% muddatli to‘lov uchun avtomobil narxining 70%ini oldindan to‘lash kerak.
To‘lovni uch yoki besh yilga cho‘zishda boshlang‘ich badal o‘zgarmasa ham kredit foizli bo‘ladi. Masalan, 50% to‘lovda stavka 36 oyga 12,9%, 60 oyga esa 15,5%ni tashkil etadi.
Kia K3 narxi va oylik to‘lovlar
Hisob-kitob Kia K3 Luxe va GT-Line komplektatsiyalari uchun 50% boshlang‘ich to‘lov asosida tayyorlandi. Luxe narxi 239,9 mln so‘m, GT-Line narxi esa 299,9 mln so‘m.
| Komplektatsiya | 12 oy 0% | 36 oy 12,9% | 60 oy 15,5% |
|---|---|---|---|
| Kia K3 Luxe Narxi: 239,9 mln so‘m Boshlang‘ich to‘lov: 119,95 mln so‘m | 9,996 mln so‘m | 4,036 mln so‘m | 2,885 mln so‘m |
| Kia K3 GT-Line Narxi: 299,9 mln so‘m Boshlang‘ich to‘lov: 149,95 mln so‘m | 12,496 mln so‘m | 5,045 mln so‘m | 3,607 mln so‘m |
Bu dastlabki hisob-kitob. Bankning yakuniy jadvalida oylik to‘lov bir necha ming so‘mga farq qilishi mumkin.
Asaka Bank: rasmiy daromadsiz ham Kia K3 kreditga beriladi
Asaka Bank Kia K3 uchun oddiy avtokredit taklif qilmoqda. Boshlang‘ich to‘lov 20%dan, kredit muddati esa 60 oygacha.
Avtomobil narxining 50%i oldindan to‘lansa, rasmiy daromadi bor mijozlar uchun quyidagi stavkalar amal qiladi:
- 36 oyga 20,9%;
- 48 oyga 21,9%;
- 60 oyga 22,9%.
Rasmiy daromadsiz mijozlar ham Kia K3 kreditini rasmiylashtirishi mumkin. Ular uchun stavkalar bir foiz bandga yuqori: 36 oyga 21,9%, 48 oyga 22,9% va 60 oyga 23,9%.
Har ikki bank dasturida avtomobilni sug‘urtalash majburiy. Sug‘urta xarajati yuqoridagi oylik to‘lovlarga kiritilmagan.
Kia K3’ning barcha versiyalari va jihozlanishi haqida Kia K3 narxi va komplektatsiyalari maqolasida batafsil tanishish mumkin.






