BYD UzbekistanUzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

UzAuto O’zbekistonda BYD avtomobillarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqda

O'zbekistonda BYD ishlab chiqarishni tashkil etish to'g'risida bitim imzolandi.

Реклама

O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo qo’mitaning 6-yig’ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo’mitasining siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi Guo Shengkun hamraisligida umumiy qiymati 1 mlrd. dollarga teng 100 dan ziyod muhim hujjatlarni imzolash to’g’risida kelishuvga erishildi.

Ilon Mask bir necha yil oldin bergan intervyusida BYD istiqbollari haqida nima deb o’ylaysiz deb berilgan savolga kulib yubordi. Mana bugun Xitoy avtogiganti tabassum qilish vaqti keldi. U Xitoyda Tesla’ni ortda qoldirdi. U 2025 yilga kelib birinchi o’ringa ko’tarilish rejasi bilan kapitalizatsiya bo’yicha dunyodagi uch yirik avtomobil kompaniyasiga aylandi. Va kechagina O’zbekistonda BYD ishlab chiqarishni tashkil etish to’g’risida bitim imzolandi.

BYD savdosining o’sish sur’ati yildan-yilga yuzlab foizni tashkil etadi va bizning mamlakatimiz nafaqat yangi energiya manbalarida avtomobillarga global o’tishning ishtirokchisi bo’lishi mumkin, balki buni global lider bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin. Shunday qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchi UzAuto nafaqat ilg’or ishlanmalar, balki yuqori texnologiyali sanoat ishlab chiqarishini boshqarishning zamonaviy tamoyillari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Реклама

Ushbu voqea mamlakatimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega. U tez o‘sib borayotgan Leap Frog (oraliq bosqichlarni chetlab o‘tib, keskin o‘sish) tamoyili bo’yicha O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining ishlab chiqarish yutuqlarining rivojlanishi tufayli amalga oshirildi. 2018 yildan beri kompaniya ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirishga va eng yangi texnologiyalarni joriy etish va eng zamonaviy avtomobil modellarini to‘liq siklda ishlab chiqarishga erishdi.

“O’zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzakov ushbu voqeani sharhlar ekan, shuni alohida qayd etadi: “Dunyoda RND yangi hamkorimiz bilan taqqoslanadigan zavodlar kam. Hech Shubha yo’qki, bizda allaqachon yangi BYD texnologiyalarini o’zlashtirish uchun mutaxassislar va iqtidorli yoshlar yetarli. Avtomobilsozlik sanoatining multiplikativ ta’sirini yodda tutish kerak: hisob-kitoblarga ko’ra, avtomobilsozlikdagi bitta ish o‘rni turdosh sohalarda 7ta ish o‘rnini yaratadi. Va bu raqam yangi ish o’rinlarini yaratishga kelganda yanada yuqoriga ko’tariladi. UzAuto va BYD alyansi nafaqat sanoatni, balki umuman iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi bosqichi hisoblanadi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, BYD uchun bu aslida chet elda ishlab chiqarishni kengaytirishning birinchi tajribasi, shuning uchun xitoyliklar sherik tanlashga juda ehtiyotkorlik bilan yondashdilar. Natijada, bir necha yillardan beri turg‘unlik hukm surayotgan jahon avtomobil bozori fonida kompaniyaning rekord darajadagi o‘sish sur’atlari tufayli tanlov UzAuto’ga tushdi. Bundan bir necha kun oldin O’zbekiston avtomobil zavodi postsovet hududining yetakchisi sifatida tan olinganligi ramziy ma’noga ega.

UzAuto uchun bunday ulkan loyihani amalga oshirish natijasi O’zbekistonda BYD avtomobillarining to’liq tsikli (CKD: shtamplash, payvandlash, bo’yash, yig’ish) ishlab chiqarishni tashkil etish bo’ladi. Bundan tashqari, kelishuv shartlari mahsulotlarni mahalliylashtirish dasturini o’z ichiga oladi – keyingi bosqichlarda dvigatellar, elektrodvigatellar, shuningdek avtomobil akkumukyatorlari uchun batareyalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish  tashkil etiladi.

Joriy yilning to‘rtinchi choragidan boshlab, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida, O‘zbekistonda BYD avtomobillarining “Sinov savdosi” doirasida bozorni o‘rganish dasturi ishga tushiriladi. Ushbu bosqichni amalga oshirish uchun BYD Auto mahalliy bozor uchun avtomobillarini, shu jumladan axboriy-ko’ngilochar tizim tilini (rus, o’zbek) moslashtiradi.

Shubhasiz, avtomobilsozlik sanoatining yuqori multiplikatsiyasini hisobga olgan holda, ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishi muqarrar ravishda boshqa tegishli turdosh tarmoqlarning rivojlanishiga olib keladi va ushbu loyihada ishtirok etadigan yuqori darajadagi mutaxassislarga bo’lgan talab yosh avlodga ko’plab sohalarda sifatli ta’lim olishga turtki beradi.

Zamonaviy transport vositalaridan tashqari, O’zbekistonda yangi energiya manbalarida avtomobillar ishlab chiqarish ham yuqori malakali injinerlar sonining o’sishiga, texnika fanlarining rivojlanishiga, shuningdek, boshqaruv madaniyatini xalqaro standartlarga muvofiq o’sishiga turtki beradi.

BYD Auto Industry Co., Ltd. (“Build Your Dreams”) – BYD Co Ltd transmilliy kompaniyasiga tegishli korxona bo’lib, u yangi energiya manbalaridan (NEV) foydalangan holda transport vositalarini ishlab chiqaradi. Konpaniya 30dan ziyod avtomobil va butlovchi qismlarni ishlab chaqaradigan zavodga, R&D markazlari ega bo’lib, NEW savdosi bo’yicha dunyoda1-o’rinni egallaydi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button