UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Tonirovka Qarori

Реклама

28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev qarorni imzoladi, unga ko‘ra, tonirovka uchun ruxsatnoma narxi keskin arzonlashadi, orqa oynalar esa mutlaqo tonirovka — bepul.

Bundan tashqari, prezidentning xuddi shu qarori bilan 1-sentabrdan 10 yoshgacha bo‘lgan avtomobillarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bekor qilingan.

Реклама

Avtotransport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda avtotransport vositalari haydovchilari uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish, aholining avtotransport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq muammolarini tezkorlik bilan hal etish, shuningdek, fuqarolarimizning bu boradagi istaklari amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:

1. Keng jamoatchilik bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot doirasida aholidan avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari miqdorini kamaytirish
hamda avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish muddatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kelib tushayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. 2022 yil 1 июлдaн boshlab:

yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilinsin;

jismoniy va yuridik shaxslarning yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berganlik uchun to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining
sakkiz baravari etib belgilansin.

3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 сентяbрдaн boshlab:

a) ishlab chiqarilganiga o‘n yilgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan
o‘tkazish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi;

b) yengil avtomototransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishning quyidagi muddatlari belgilanadi:

ishlab chiqarilganiga o‘n bir yildan o‘n to‘rt yilgacha bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – ikki yilda bir marta;

ishlab chiqarilganiga o‘n besh yil va undan ortiq bo‘lgan yengil avtomototransport vositalari – bir yilda bir marta.

Bunda mazkur muddatlar tijorat asosida yo‘lovchilar tashish faoliyatida foydalaniladigan yengil avtomototransport vositalari
uchun tatbiq etilmaydi.

4. Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan bir qatorda ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan ham amalga oshirish tartibi joriy etilsin.

Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 yil 1 sentyabrga qadar oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsat berilgan avtotransport vositasiga bo‘lgan egalik huquqi o‘zgarganda, davlat raqami belgisi almashtirilganda yoki avtotransport vositasi egasining ma’lumotlarida o‘zgarish bo‘lganda avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini avtomatik tarzda saqlab qolish tartibini joriy etsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

       Prezidenti                                                                                          Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2022 yil 28 iyun

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

Back to top button