MG foizsiz muddatli toʻlov: shartlar, oylik toʻlov va toʻlov grafigi
MGning barcha modellari foizsiz muddatli toʻlovga sotiladi: 25 foiz boshlangʻich toʻlovda 24 oygacha, 70 foizda 60 oygacha. Shartlar va toʻlov grafigi.

Статья доступна на русском языке.
Oʻzbekistonda MG avtomobillari foizsiz muddatli toʻlovga (rassrochkaga) sotiladi: MG 5 sedani, ZS va HS krossoverlari. Shartnoma Asia Alliance Bank yoki Kapitalbank orqali tuziladi.
Foizsiz muddat boshlangʻich toʻlovga bogʻliq: 25 foizda 24 oygacha, 50 foizda 42 oygacha, 70 foizda 60 oygacha. 70 foiz boshlangʻich toʻlovda MG 5 Comfort uchun oylik toʻlov 60 oy davomida 1 174 500 soʻm boʻladi.
MG foizsiz muddatli toʻlov shartlari
- Boshlangʻich toʻlov: kamida 25%
- Muddat: 60 oygacha
- Yillik foiz: 0%
Shartlar MGning oltala komplektatsiyasi uchun bir xil. Toʻlovlar tugaguncha avtomobil bank garovida boʻladi.
Shartnoma tuzishdan oldin bank xaridorning daromadi va kredit tarixini tekshiradi.
Foizsiz muddat boshlangʻich toʻlov va bankka bogʻliq:
| Boshlangʻich toʻlov | Asia Alliance Bank | Kapitalbank |
|---|---|---|
| 25% | 24 oy | 20 oy |
| 30% | 30 oy | 24 oy |
| 40% | 36 oy | 24 oy |
| 50% | 42 oy | 36 oy |
| 60% | 42 oy | 48 oy |
| 70% | 60 oy | 60 oy |
MG muddatli toʻlovga shartnoma olish uchun hujjatlar
Asia Alliance Bankda muddatli toʻlovni 21 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston rezidentlari rasmiylashtira oladi. Buning uchun pasport yoki ID-karta va diler bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi kerak.
Nikohdagilar turmush oʻrtogʻining roziligini, nikohda boʻlmaganlar buni tasdiqlovchi maʼlumotnomani olib keladi. Oʻzini oʻzi band qilganlar bu maqomni tasdiqlovchi hujjatni ham olib keladi.
MG 5 boʻlib toʻlash
MG 5 sedani Comfort versiyasida 234 900 000 soʻm, Luxury versiyasida 249 900 000 soʻm turadi. Asosiy muddatlar boʻyicha toʻlovlar:
| Boshlangʻich toʻlov va muddat | Comfort 234 900 000 | Luxury 249 900 000 |
|---|---|---|
| 25% · 24 oy | 7 340 625 | 7 809 375 |
| 50% · 42 oy | 2 796 429 | 2 975 000 |
| 70% · 60 oy | 1 174 500 | 1 249 500 |
Ikkala versiya boʻyicha toʻlov grafigi: MG 5 foizsiz muddatli toʻlovga.
MG ZS boʻlib toʻlash
MG ZS krossoveri Comfort versiyasida 249 900 000 soʻm, turbodvigatelli Luxury versiyasida 309 900 000 soʻm turadi. Asosiy muddatlar boʻyicha toʻlovlar:
| Boshlangʻich toʻlov va muddat | Comfort 249 900 000 | Luxury 309 900 000 |
|---|---|---|
| 25% · 24 oy | 7 809 375 | 9 684 375 |
| 50% · 42 oy | 2 975 000 | 3 689 286 |
| 70% · 60 oy | 1 249 500 | 1 549 500 |
Ikkala versiya boʻyicha toʻlov grafigi: MG ZS foizsiz muddatli toʻlovga.
MG HS boʻlib toʻlash
MG HS krossoveri Comfort versiyasida 339 900 000 soʻm, Luxury versiyasida 389 900 000 soʻm turadi. Asosiy muddatlar boʻyicha toʻlovlar:
| Boshlangʻich toʻlov va muddat | Comfort 339 900 000 | Luxury 389 900 000 |
|---|---|---|
| 25% · 24 oy | 10 621 875 | 12 184 375 |
| 50% · 42 oy | 4 046 429 | 4 641 667 |
| 70% · 60 oy | 1 699 500 | 1 949 500 |
Ikkala versiya boʻyicha toʻlov grafigi: MG HS foizsiz muddatli toʻlovga.
MG toʻlov jadvali
Barcha MG komplektatsiyalari boʻyicha oylik toʻlovlar
MG 5 Comfort, 234 900 000 soʻm
| Boshlangʻich toʻlov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 42 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% 58 725 000 | 14 681 250 | 9 787 500 | 7 340 625 | |||||
| 30% 70 470 000 | 13 702 500 | 9 135 000 | 6 851 250 | 5 481 000 | ||||
| 40% 93 960 000 | 11 745 000 | 7 830 000 | 5 872 500 | 4 698 000 | 3 915 000 | |||
| 50% 117 450 000 | 9 787 500 | 6 525 000 | 4 893 750 | 3 915 000 | 3 262 500 | 2 796 429 | ||
| 60% 140 940 000 | 7 830 000 | 5 220 000 | 3 915 000 | 3 132 000 | 2 610 000 | 2 237 143 | 1 957 500 | |
| 70% 164 430 000 | 5 872 500 | 3 915 000 | 2 936 250 | 2 349 000 | 1 957 500 | 1 677 857 | 1 468 125 | 1 174 500 |
MG 5 Luxury, 249 900 000 soʻm
| Boshlangʻich toʻlov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 42 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% 62 475 000 | 15 618 750 | 10 412 500 | 7 809 375 | |||||
| 30% 74 970 000 | 14 577 500 | 9 718 333 | 7 288 750 | 5 831 000 | ||||
| 40% 99 960 000 | 12 495 000 | 8 330 000 | 6 247 500 | 4 998 000 | 4 165 000 | |||
| 50% 124 950 000 | 10 412 500 | 6 941 667 | 5 206 250 | 4 165 000 | 3 470 833 | 2 975 000 | ||
| 60% 149 940 000 | 8 330 000 | 5 553 333 | 4 165 000 | 3 332 000 | 2 776 667 | 2 380 000 | 2 082 500 | |
| 70% 174 930 000 | 6 247 500 | 4 165 000 | 3 123 750 | 2 499 000 | 2 082 500 | 1 785 000 | 1 561 875 | 1 249 500 |
MG ZS Comfort, 249 900 000 soʻm
| Boshlangʻich toʻlov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 42 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% 62 475 000 | 15 618 750 | 10 412 500 | 7 809 375 | |||||
| 30% 74 970 000 | 14 577 500 | 9 718 333 | 7 288 750 | 5 831 000 | ||||
| 40% 99 960 000 | 12 495 000 | 8 330 000 | 6 247 500 | 4 998 000 | 4 165 000 | |||
| 50% 124 950 000 | 10 412 500 | 6 941 667 | 5 206 250 | 4 165 000 | 3 470 833 | 2 975 000 | ||
| 60% 149 940 000 | 8 330 000 | 5 553 333 | 4 165 000 | 3 332 000 | 2 776 667 | 2 380 000 | 2 082 500 | |
| 70% 174 930 000 | 6 247 500 | 4 165 000 | 3 123 750 | 2 499 000 | 2 082 500 | 1 785 000 | 1 561 875 | 1 249 500 |
MG ZS Luxury, 309 900 000 soʻm
| Boshlangʻich toʻlov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 42 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% 77 475 000 | 19 368 750 | 12 912 500 | 9 684 375 | |||||
| 30% 92 970 000 | 18 077 500 | 12 051 667 | 9 038 750 | 7 231 000 | ||||
| 40% 123 960 000 | 15 495 000 | 10 330 000 | 7 747 500 | 6 198 000 | 5 165 000 | |||
| 50% 154 950 000 | 12 912 500 | 8 608 333 | 6 456 250 | 5 165 000 | 4 304 167 | 3 689 286 | ||
| 60% 185 940 000 | 10 330 000 | 6 886 667 | 5 165 000 | 4 132 000 | 3 443 333 | 2 951 429 | 2 582 500 | |
| 70% 216 930 000 | 7 747 500 | 5 165 000 | 3 873 750 | 3 099 000 | 2 582 500 | 2 213 571 | 1 936 875 | 1 549 500 |
MG HS Comfort, 339 900 000 soʻm
| Boshlangʻich toʻlov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 42 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% 84 975 000 | 21 243 750 | 14 162 500 | 10 621 875 | |||||
| 30% 101 970 000 | 19 827 500 | 13 218 333 | 9 913 750 | 7 931 000 | ||||
| 40% 135 960 000 | 16 995 000 | 11 330 000 | 8 497 500 | 6 798 000 | 5 665 000 | |||
| 50% 169 950 000 | 14 162 500 | 9 441 667 | 7 081 250 | 5 665 000 | 4 720 833 | 4 046 429 | ||
| 60% 203 940 000 | 11 330 000 | 7 553 333 | 5 665 000 | 4 532 000 | 3 776 667 | 3 237 143 | 2 832 500 | |
| 70% 237 930 000 | 8 497 500 | 5 665 000 | 4 248 750 | 3 399 000 | 2 832 500 | 2 427 857 | 2 124 375 | 1 699 500 |
MG HS Luxury, 389 900 000 soʻm
| Boshlangʻich toʻlov | 12 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 42 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% 97 475 000 | 24 368 750 | 16 245 833 | 12 184 375 | |||||
| 30% 116 970 000 | 22 744 167 | 15 162 778 | 11 372 083 | 9 097 667 | ||||
| 40% 155 960 000 | 19 495 000 | 12 996 667 | 9 747 500 | 7 798 000 | 6 498 333 | |||
| 50% 194 950 000 | 16 245 833 | 10 830 556 | 8 122 917 | 6 498 333 | 5 415 278 | 4 641 667 | ||
| 60% 233 940 000 | 12 996 667 | 8 664 444 | 6 498 333 | 5 198 667 | 4 332 222 | 3 713 333 | 3 249 167 | |
| 70% 272 930 000 | 9 747 500 | 6 498 333 | 4 873 750 | 3 899 000 | 3 249 167 | 2 785 000 | 2 436 875 | 1 949 500 |
MG kreditga 5 yilga
Boshlangʻich toʻlov 70 foizdan kam boʻlsa, MGni 5 yilga kreditga olish mumkin. 5 yillik kredit foizi boshlangʻich toʻlov va bankka bogʻliq:
| Boshlangʻich toʻlov | Asia Alliance Bank | Kapitalbank |
|---|---|---|
| 25% | 11,5% | 12,44% |
| 30% | 11% | 11,71% |
| 40% | 9,5% | 9,86% |
| 50% | 7,5% | 5,88% |
| 60% | 4,5% | 1,72% |
Avtokredit sugʻurtasi
Muddatli toʻlov uchun avtokredit sugʻurtasi majburiy. Sugʻurta har bir yil uchun muddatli toʻlov summasining taxminan 1 foiziga tushadi.
Barcha modellar narxi va komplektatsiyalari: MG narxlari.






