ПДД Узбекистана

GAI Jarima ball: O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tasdiqlandi

O‘zbekiston haydovchilari uchun jarima ballari tizimi: 12 ball to‘plagan haydovchi olti oyga huquqsiz qoladi

Реклама

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari tizimi 1-iyundan rasmiy ravishda ishga tushadi. Bu haqda 6-may kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 296-sonli qarorida aytilgan.

O‘zbekistonda yangi jarima ball tizimi joriy etiladi

Yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari joriy etildi — to‘liq ro‘yxat

6-may kuni hukumat tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun haydovchilarga jarima ballari qo‘llaniladigan yangi tizim tasdiqlandi. U 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.

Jarima ballari faqat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar asosida hisoblanadi. Hisoblash avtomatlashtirilgan E-jarimaball moduli orqali amalga oshiriladi.

Реклама

Har bir qoidabuzarlik uchun ballar haydovchining shaxsiy hisobiga qo‘shiladi. Agar bir yil ichida 12 balldan ortiq to‘plansa, haydovchi 6 oygacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladi.

Qanday qoidabuzarliklar uchun nechta ball belgilanadi?

Qoidabuzarlik Jarima ballari
Tezlikni soatiga 20 km/gacha oshirish 0.5
Tezlikni 20–40 km/soatga oshirish 1
Tezlikni 40–60 km/soatga oshirish 1.5
Tezlikni 60 km/soatdan ortiqqa oshirish 2
Qizil chiroqda yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik 1
Ruxsatsiz oynalarni qoraytirish (birinchi marta / takroran) 0.5 / 1
Yo‘lning qarama-qarshi yo‘liga chiqish, xavfli vaziyatga sabab bo‘lish 2
To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish 0.2
Ichki ishlar organlari hamrohligisiz yo‘lovchi tashish 0.5
Quvib o‘tish qoidalarini buzish 1.5
YTH joyini tark etish (qochish) 2
Nosoz yoki ruxsatsiz qayta jihozlangan avtomobilni boshqarish 0.5
Ekspluatatsiya qilish taqiqlangan avtomobil yoki raqamni yechib tashlagan transport vositasini boshqarish 1
Sababsiz signal berish, nomaqbul yorituvchi yoki tovushli moslamalar o‘rnatish 0.5
Tez yordam, o‘t o‘chirish yoki boshqa maxsus xizmatlarga yo‘l bermaslik 0.5
Temiryo‘l o‘tish joylarida qoidalarni buzish 1
Guruh bo‘lib harakat qilib xavfli holatni yuzaga keltirish 2

Ballar qanday o‘chiriladi?

Agar haydovchi 12 oy davomida qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasa, birinchi qoidabuzarlik uchun ball hisoblanmaydi. Shuningdek, agar 6 oy ichida qoidabuzarlik sodir etilmasa, jami ballardan 2 ball olib tashlanadi. Ballar 2 dan kam bo‘lsa, hammasi o‘chiriladi.

E-jarimaball moduli 1-iyungacha ishga tushiriladi. Haydovchilar o‘z ballarini mobil ilova, Yagona portal yoki SMS orqali kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga jarima ball tizimi joriy etish bo‘yicha qonun imzolandi. Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik kodekslariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutadi.

Jarima ball tizimi qanday ishlaydi?

✅ Har bir qoidabuzarlik uchun haydovchiga 2 ballgacha jarima hisoblanadi.
✅ Jarima ballari avtomatlashtirilgan tizim orqali hisoblanadi.
✅ 12 ball yig‘ilgan haydovchi kamida 6 oyga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi.
✅ Agar haydovchi qoidabuzarlikni qayta-qayta sodir etsa, jazolar qat’iylashadi.
Jarima ballari 1 yil davomida hisoblanadi, 1 yil o‘tgach, ular avtomatik ravishda hisobdan chiqariladi.
✅ Agar haydovchining jarima ballari 8 ballga yetsa, SMS orqali ogohlantirish yuboriladi.

Qaysi huquqbuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi?

🚫 Qizil chiroqda o‘tish2 ballgacha
🚫 Belgilangan tezlikni oshirish0.5 dan 2 ballgacha
🚫 Noto‘g‘ri quvib o‘tish1.5 ball
🚫 Tanirovkani noqonuniy o‘rnatish1–2 ball
🚫 Davlat raqamlarini noqonuniy olib tashlash yoki o‘zgartirish2 ballgacha

Haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lish

🛑 Agar haydovchi bir yil ichida 12 yoki undan ortiq ball yig‘sa, u avtomatik ravishda haydovchilik huquqidan kamida 6 oyga mahrum qilinadi.

💡 Haydovchilar uchun E-jarimaball elektron tizimi joriy etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tizim orqali haydovchilar o‘z jarima ballarini kuzatib borishlari va ogohlantirishlarni olishlari mumkin bo‘ladi.

⚖️ Agar haydovchi jarima ballari noto‘g‘ri hisoblangan deb hisoblasa, maxsus platforma orqali apellyatsiya berishi mumkin.

Qo‘shimcha jazolar

🔸 Transport vositasini mast holatda boshqarish. 🔸 Haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarish. 🔸 Avariya xavfini yuzaga keltirish.

📌 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

1-iyundan boshlab O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilar uchun jarima ballari tizimi ishga tushadi. Har bir qoidabuzarlik uchun ma’lum miqdorda ball beriladi, 12 ball to‘plagan haydovchi esa olti oy muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinadi. Jarima ballari faqat yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan joyida tuzilgan bayonnomalarga asoslanadi va E-jarimaball tizimi orqali avtomatik ravishda hisoblanadi.

Yuqori xavfli buzilishlar orasida tezlikni oshirish, qizil chiroqda harakatlanish, qarama-qarshi yo‘lga chiqish va avariya holati yaratish kabi holatlar kiradi. Barcha jarima ballari bilan to‘liq jadval quyida keltirilgan.

Jarima ballari faqat YHXB xodimlari tomonidan joyida tuzilgan bayonnomalarga asoslanib hisoblanadi. Ballar avtomatik ravishda E-jarimaball maxsus tizimi orqali hisoblanadi. Ushbu tizim Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 1-iyunga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Jarima ballari haqidagi ma’lumotlar E-jarimaball tizimi, maxsus mobil ilova va YPIYU platformasida mavjud bo‘ladi. Har bir jarima balli uchun haydovchilarga SMS-xabarnoma yuboriladi.

1-iyunga qadar haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslarning elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Haydovchi 12 ball to‘plagan taqdirda, sud qaroriga ko‘ra, uning haydovchilik huquqi olti oygacha bekor qilinishi mumkin.

Agar haydovchi olti oy davomida qoida buzmasa, ballar bekor qilinadi:

Ichki ishlar vazirligiga haydovchilarni foto va video qayd qilish tizimi orqali shaxsini aniqlash imkoniyati yaratilgandan so‘ng umumiy jarima ballari tizimini joriy etish bo‘yicha takliflarni hukumatga kiritish topshirildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button