Haval foizsiz muddatli to‘lov
Haval avtomobillari endi foizsiz nasiya savdoda! Jolion, M6, H6 va Dargo modellari uchun eng qulay shartlar bilan muddatli to‘lov imkoni yaratildi — Haval narxlari va har oylik to‘lovlar oldindan ma’lum, yashirin foizlarsiz.

Haval O‘zbekistondagi xaridorlarga Jolion, M6, H6 va Dargo modellari uchun foizsiz muddatli to‘lov taklif qilmoqda.
To‘lov shartlari dastlabki badal miqdoriga qarab farqlanadi: avtomobil narxining 50 foizini to‘lagan xaridor qolgan qismini 18 oy davomida foizsiz nasiya asosida to‘lashi mumkin. Barcha hisob-kitoblar sug‘urta va lizing kompaniyasi komissiyasi inobatga olingan holda taqdim etilgan.
Haval uchun foizsiz muddatli to‘lov shartlari
To‘lovlar hamkor lizing kompaniyasi orqali rasmiylashtiriladi — avtomobil to‘liq to‘lov yakunlangunga qadar ushbu kompaniya nomida bo‘ladi.
So‘ngra avtomobil xaridor nomiga o‘tkaziladi.
Dastlabki to‘lov | To‘lov muddati |
30% | 12 oy |
50% | 18 oy |
75% | 48 oy |
Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha xarajatlar mavjud:
- 1% dan boshlab — avtomobilga zarar yetishi, o‘g‘irlanishi yoki yo‘q bo‘lishiga qarshi sug‘urta;
- 2% — lizing kompaniyasi komissiyasi.
Quyida Haval brendining mashhur modellari bo‘yicha 18 oylik Haval nasiya savdo hisob-kitoblari keltirilgan. Avtokredit sug‘urtasi va komissiya summasi dastlabki badalga kiritilgan.
Haval Jolion
Jolion — O‘zbekistonda eng ommabop Haval krossoveri: 2025 yilning dastlabki uch oyida 422 dona sotilgan. Model yorqin dizayn, keng salon va zamonaviy texnologiyalarni taklif etadi. 1.5 litrli turbomotor va robotlashtirilgan uzatma bilan jihozlangan.
HAVAL Jolion texnik xususiyatlari
Ko‘rsatkich | Qiymat |
---|---|
O‘lchamlar (U × E × B), mm | 4472 × 1874 × 1581 |
G‘ildirak bazasi, mm | 2700 |
Yerdan balandlik, mm | 190 |
Dvigatel turi | 4 silindrli, benzinli, turbinali |
Hajmi, sm³ | 1497 |
Maksimal quvvat | 143 ot kuchi (105 kVt) @ 5600–6000 ayl/min |
Moment | 210 Nm @ 2000–4400 ayl/min |
Uzatma | 7 bosqichli robot, ho‘l ikkilik mufta bilan |
Uzatilish | Old g‘ildirak (2WD) |
Old osma | Mustaqil, McPherson turi, barqarorlashtiruvchi bilan |
Orqa osma | Yarim mustaqil, burama travers, gidravlik amortizatorlar |
Og‘irlik, kg | 1445 |
Yoqilg‘i sarfi (aralash), l/100 km | 8,1 |
Yoqilg‘i baki hajmi, l | 55 |
Yoqilg‘i turi | AI-92 va undan yuqori benzin |
Jolion narxi: Haval Jolion Nasiya Savdosi va lizing shartlar
Komplektatsiya va Haval narxi | Dastlabki to‘lov 50% (so‘m) | Oylik to‘lov (so‘m, 18 oy) |
Jolion Prestige 1.5T 2WD 279 900 000 so‘m |
143 299 500 | 7 775 000 |
Jolion Prestige+ 1.5T 4WD 309 900 000 so‘m |
159 049 500 | 8 608 333 |
Jolion Premium 1.5T 4WD 329 900 000 so‘m |
169 549 500 | 9 163 889 |
Haval H6
Model ikki xil turbomotor bilan taklif qilinadi: 1.5T old g‘ildirakdan tortish va 2.0T to‘liq tortish tizimi. H6 shahardagi harakatlar uchun ham, uzoq masofalarga sayohat qilish uchun ham qulay. Hattoki boshlang‘ich komplektatsiyada ham yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlik ta’minlangan.
HAVAL H6 texnik xususiyatlari
Parametr | 1.5T 2WD 7DCT | 2.0T 4WD 7DCT |
---|---|---|
Maksimal quvvat | 143 ot kuchi | 204 ot kuchi |
Uzatmalar qutisi | 7 pog‘onali robot (DCT) | 7 pog‘onali robot (DCT) |
Tortish turi | Old g‘ildirakli | To‘liq g‘ildirakli |
Yo‘l harajati (aralash tsikl) | 7,2 l/100 km | 8,1 l/100 km |
0–100 km/soatgacha tezlanish | 9,7 soniya | 8,2 soniya |
Yukxona hajmi | 600 l | 600 l |
H6 narxi va Haval H6 muddatli to‘lov
Haval H6 komplektatsiyasi va narxi | 50% boshlang‘ich to‘lov (so‘m) | Oylik to‘lov (18 oy, so‘m) |
H6 Comfort 1.5T 2WD 324 900 000 so‘m |
167 323 500 | 9 025 000 |
H6 Prestige 1.5T 2WD 354 900 000 so‘m |
182 773 500 | 9 858 333 |
H6 Premium 1.5T 2WD 369 900 000 so‘m |
190 498 500 | 10 275 000 |
H6 Prestige 2.0T 4WD 374 900 000 so‘m |
193 073 500 | 10 413 889 |
H6 Premium 2.0T 4WD 389 900 000 so‘m |
200 798 500 | 10 830 556 |
Haval Dargo
Haval Dargo — bu brutal ko‘rinishga ega, yo‘ltanlamas imkoniyatlari bilan ajralib turuvchi krossover. Model 2.0 litrli turbomotor va to‘liq (4WD) uzatma bilan jihozlangan.
O‘zbekistonda Haval Dargo Prestige va Premium komplektatsiyalarda, to‘liq privod bilan taklif qilinmoqda.
HAVAL DARGO texnik xarakteristikasi
Ko‘rsatkich | 2.0T 4WD 7DCT |
---|---|
Maksimal quvvat | 192 ot kuchi |
Uzatma | 7 pog‘onali robot (ho‘l mufta) |
Privod turi | To‘liq (4WD) |
Yoqilg‘i sarfi (aralash tsikl) | 8,5 l/100 km |
0–100 km/soatgacha tezlanish | 9,0 soniya |
Yerdan balandlik (klirens) | 200 mm |
Bagaj hajmi | 457–1129 litr |
Yoqilg‘i baki hajmi | 60 litr |
Haval Dargo komplektatsiyasi va narxi | 50% boshlang‘ich to‘lov (so‘m) | Oylik to‘lov (so‘m, 18 oy) |
Dargo Prestige 2.0T 4WD 399 900 000 so‘m |
206 898 500 | 11 494 444 |
Dargo Premium 2.0T 4WD 429 900 000 so‘m |
222 348 500 | 12 327 778 |