Avtokredit Narxlari 2026Chevrolet Cobalt 2026 NarxiChevrolet Onix NarxiChevrolet Tracker Narxi 2026Damas NarxiUzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari
UzAuto Motors Cobalt, Tracker, Onix va Damas uchun banksiz muddatli toʻlovni toʻxtatadi
2027-yil 1-yanvardan UzAuto Motors Cobalt, Tracker, Onix va Damasni bank ishtirokisiz muddatli toʻlovga sotishni toʻxtatadi.

Реклама
Статья доступна на русском языке.
Tracker Premier Plusni zavoddan muddatli toʻlovga olsangiz, avval 76 mln soʻm, keyin uch yil davomida oyiga 4,9 mln soʻmdan toʻlaysiz. UzAuto Motors xabariga koʻra, aksiya 2026-yil 31-dekabr kuni tugaydi.
Zavod toʻlovga foiz qoʻshmaydi. Shu shartlarda Tracker uchun chegirma 22 mln soʻmgacha. Kompaniya maʼlum qilishicha, yanvarda ham Trackerni hamkor bank orqali foizsiz boʻlib toʻlashga olish mumkin. Bunda zavod Tracker uchun hozirgi chegirmani bekor qiladi.
Реклама
31-dekabrgacha Chevrolet avtomobillarini banksiz boʻlib toʻlash shartlari
Cobalt narxining yarmini oldindan toʻlasangiz, qolganini ikki yilga boʻlib toʻlaysiz. Damas uchun boshlangʻich toʻlov 30%, muddat 30 oy. Tracker va Onix uchun ham avval 30% toʻlanadi, qolganiga uch yil beriladi.
| Model | Boshlangʻich toʻlov, soʻm | Muddat, oy | Oylik toʻlov, soʻm |
|---|---|---|---|
| Cobalt Style MCM | 78 050 000 (50%) | 24 | 3 252 083 |
| Tracker Premier Plus | 75 796 848 (30%) | 36 | 4 912 759 |
| Onix Premier 2 Plus | 66 492 048 (30%) | 36 | 4 309 670 |
| Damas Van | 27 946 800 (30%) | 30 | 2 173 640 |






