AI-80 benzini yana sotila boshladi
AI-80 birjaga qaytdi. Energetika vazirligi uning zapravkalarga chiqmasligini vaʼda qilmoqda: u xomashyo sifatida sotilmoqda, undan yuqori oktanli benzin ishlab chiqarish mumkin.

Статья доступна на русском языке.
Oʻzbekistonda AI-80 benzini yana sotila boshladi. Hozircha u birjada sotilmoqda, tonnasi 8,25 mln soʻm.
Energetika vazirligi vaʼdasiga koʻra, AI-80 zapravkalarga chiqmaydi. Uni faqat litsenziyasi bor korxonalar sotib olishi mumkin. Birja lotida u xomashyo yoki komponent sifatida koʻrsatilgan.
Vazirlik tushuntirishicha, AI-80 texnologik qayta ishlangach, undan yuqori oktanli benzin va boshqa kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin.
Yuqori oktanli benzin esa aynan zapravkalarda sotiladi.
Narxdagi farq sezilarli. 19-noyabr kuni oʻsha birjada AI-92 K2-L benzinining tonnasi qimmatlab, rekord darajaga, 15,25 mln soʻmga yetdi. Bu AI-80 benzinidan 7 mln soʻm qimmat.
Zapravkalarda AI-80 sotish 2025-yil 1-dekabrdan boshlab taqiqlangan. Oʻzbekneftgaz esa uni sentabrdayoq birjadan olib tashlagan va oʻrniga AI-92 yetkazib berish hajmini oshirgan. Endi birjada AI-80 sotuvchisi sifatida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi tashkilot koʻrsatilgan.
Полный запрет 80-го: продажа бензина АИ-80 окончательно запрещена
Zapravkalarda qanday benzin quyilmoqda
Yil boshidan buyon 3 mingga yaqin zapravka tekshirilib, 330 tasida sifatsiz yoqilgʻi aniqlandi. Ulardan 240 tasida qoidabuzarliklar AI-92 va AI-95 markali benzinga tegishli boʻlgan.






