Chevrolet Traverse rassrochka 2026: foizsiz muddatli toʻlov grafigi
UzAuto Motors Chevrolet Traverse Z71ni foizsiz muddatli toʻlovga va imtiyozli avtokreditga sota boshladi. Boshlangʻich toʻlov 60% boʻlsa, 2,5 yil davomida oyiga 10,6 mln soʻmdan toʻlash kerak boʻladi.

UzAuto Motors Chevrolet Traverseni foizsiz muddatli toʻlovga va hamkor banklar orqali imtiyozli avtokreditga sota boshladi.
795 mln soʻmlik Chevrolet Traverseni 2,5 yilga (30 oy) foizsiz boʻlib toʻlashga olish mumkin. Bunda boshlangʻich toʻlov 60%, yaʼni 477 mln soʻm, oylik toʻlov esa 10,6 mln soʻm boʻladi.
Traverse muddatli toʻlov grafigi va shartlarini avtosalonlardan biri oʻz Telegram-kanalida eʼlon qildi. UzAuto Motors hali rasmiy eʼlon bermagan.
Traverse narxi kreditga foizsiz: 2,5 yilga boʻlib toʻlash shartlari
| Model va narx, soʻm | Boshlangʻich toʻlov, soʻm | Muddat | Oylik toʻlov, soʻm |
|---|---|---|---|
| Chevrolet Traverse Z71 795 000 000 | 25% 198 750 000 | 12 oy | 49 687 500 |
| 30% 238 500 000 | 15 oy | 37 100 000 | |
| 40% 318 000 000 | 18 oy | 26 500 000 | |
| 50% 397 500 000 | 24 oy | 16 562 500 | |
| 60% 477 000 000 | 30 oy | 10 600 000 |
Chevrolet Traverse rassrochka grafik: toʻlov jadvali
Har bir oylik toʻlov ostida yillik stavka yozilgan. Yashil rangda esa har bir boshlangʻich toʻlov uchun eng uzoq foizsiz muddat ajratib koʻrsatilgan.
| Boshlangʻich toʻlov | 12 oy | 15 oy | 18 oy | 24 oy | 30 oy | 36 oy | 48 oy | 60 oy |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 25% 198 750 000 | 49 687 500 0% | 39 882 629 0,5% | 34 183 848 4% | 26 831 007 7,5% | 22 823 296 11% | 19 946 724 12,5% | 16 353 294 14,2% | 14 658 521 16,5% |
| 30% 238 500 000 | 37 100 000 0% | 31 532 167 2,5% | 24 890 719 6,9% | 20 912 914 9,5% | 18 271 849 11,2% | 15 067 974 13,5% | 13 385 601 15,5% | |
| 40% 318 000 000 | 26 500 000 0% | 20 607 698 3,5% | 17 269 777 6,5% | 15 168 472 9% | 12 491 094 11,7% | 10 975 697 13,5% | ||
| 50% 397 500 000 | 16 562 500 0% | 13 682 168 2,5% | 11 913 432 5% | 9 685 489 7,9% | 8 642 613 11% | |||
| 60% 477 000 000 | 10 600 000 0% | 9 247 825 3% | 7 395 559 5,5% | 6 524 257 8,5% |
Traverse kredit narxlari 2026: imtiyozli avtokredit
60% boshlangʻich toʻlov bilan 5 yillik kredit yiliga 8,5% stavkada beriladi, oylik toʻlov 6,5 mln soʻm. Boshlangʻich toʻlov eng kami, yaʼni 25% boʻlsa, xuddi shu 5 yilga stavka 16,5% ga chiqadi, oylik toʻlov esa 14,7 mln soʻm boʻladi.
Chevrolet Traverse Z71 komplektatsiyasi
Traverse bitta komplektatsiyada 795 000 000 soʻmga sotiladi. Naqd pulga toʻlaganda ham narx shu, chegirma yoʻq.
| Chevrolet Traverse Narxi 2026 | UZS |
|---|---|
| Chevrolet Traverse Z71 2.5 turbo 328 ot kuchi, avtomat, toʻliq privod 7 oʻrin, ikkinchi qatorda kapitan oʻrindiqlar, CarPlay va Android Auto bilan 17,7" ekran, 11" raqamli asboblar paneli, perforatsiyalangan charm, old oʻrindiqlar va rul isitgichi, haydovchi oʻrindigʻining elektr sozlamasi, uch zonali klimat-nazorat, panoramali tom, adaptiv kruiz-nazorat, avtomatik tormozlash, harakatlanish boʻlagida ushlab turish, koʻr zonalar nazorati, 360° kamera, 7 ta xavfsizlik yostigʻi, simsiz zaryadlash, 220 V rozetka, elektr yuritmali yukxona eshigi, 18" disklar, LED faralar | 795,000,000 |
Traverse yetti oʻrinli, uch qatorli katta krossover. Unda 2,5 litrli turbo dvigatel (328 ot kuchi), 8 pogʻonali avtomat quti va toʻliq privod bor.
Salon 17,7 dyuymli ekran, panoramali tom, uch zonali klimat-nazorat va 360° kamera bilan jihozlangan. Bu Z71 versiyasi, shuning uchun dvigatel himoyasi bor, klirens esa 197 mm.






