Chevrolet Cobalt 2026 NarxiUzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

Chevrolet Cobalt sotuvi 2026-yilning 9 oyida 27 foizga kamaydi

Yilning birinchi yarmida 39,4 foizga kamaygan Cobalt sotuvi chegirma va foizsiz muddatli toʻlov joriy qilingach, uchinchi chorakda oʻtgan yil darajasiga chiqdi.

Реклама

Статья доступна на русском языке.

2026-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonda 69 230 ta Chevrolet Cobalt sotildi. Bu 2025-yilning shu davridagidan (95 362 ta) 27,4 foizga kam.

Chegirma va muddatli toʻlov tufayli oʻtgan yildan ortda qolish qisqarmoqda: yilning birinchi yarmida Cobalt sotuvi 39,4 foizga kamaygan edi. Iyulda Cobalt uchun imtiyozli va foizsiz avtokredit, avgustda esa chegirma va foizsiz muddatli toʻlov paydo boʻldi.

Реклама

2026-yilning uchinchi choragida Cobalt sotuvi

Iyul-sentabr oylarida 28 294 ta Cobalt sotildi. Bu 2025-yilning shu oylaridagidan (27 782 ta) 1,8 foizga koʻp.

Iyulda 5 864 ta Cobalt sotildi: ketma-ket toʻrtinchi oy sotuv 6 mingdan oshmadi. Avgustda zavod narxni tushirgach, 12 245 ta Cobalt sotildi, sentabrda esa 10 185 ta.

Chevrolet Cobalt uchun chegirma, muddatli toʻlov va avtokredit

1-iyulda Ipoteka Bank Cobalt uchun imtiyozli avtokredit joriy qildi: yillik 21 foiz, boshlangʻich toʻlov 30 foizdan. 17-iyuldan bank foizsiz avtokredit ham taklif qila boshladi, lekin boshlangʻich toʻlovi 65 foiz: Style MCM uchun bu 101,5 mln soʻm.

3-avgustdan 10-sentabrgacha zavod toʻliq toʻlovda Cobaltni arzonroq sotdi: Style MCM 156,1 mln oʻrniga 146,1 mln soʻm, Midnight MCM 165,2 mln oʻrniga 150,2 mln soʻm boʻldi.

14-avgustda Kapitalbank Cobalt uchun foizsiz muddatli toʻlov joriy qildi: boshlangʻich toʻlov 50 foiz boʻlsa 11 oyga, 65 foiz boʻlsa 17 oyga.

30-sentabrda zavod Style MCM narxini yana 10 mln soʻmga tushirdi: toʻliq toʻlovda u 146,1 mln soʻm turadi.

7-oktabrdan UzAuto Motors Cobaltni bank ishtirokisiz muddatli toʻlovga sotmoqda, lekin prays narxida, chegirmasiz. Boshlangʻich toʻlov kamida 50 foiz, muddat 2 yil, Style MCM uchun oylik toʻlov 3 252 083 soʻm.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button