Cobalt boshlangʻich toʻlovsiz muddatli toʻlovga sotilmaydi
UzAuto Motors Chevrolet Cobalt boshlangʻich toʻlovsiz muddatli toʻlovga sotiladi degan xabarlarni yolgʻon deb atadi. 7-oktabrdan ishlayotgan banksiz foizsiz boʻlib toʻlashda narxning yarmini darhol toʻlash kerak.
Статья доступна на русском языке.
Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Cobalt boshlangʻich toʻlovsiz muddatli toʻlovga sotiladi degan xabarlar tarqaldi. UzAuto Motors bu xabarlarni yolgʻon deb atadi.
Aytgancha, 2024-yil noyabrida zavod Onix va Tracker uchun foizsiz muddatli toʻlovni ham rad etgan edi. Biroq bir necha oydan soʻng uni yoʻlga qoʻydi.
UzAuto Motors 7-oktabrdan beri Cobaltni banksiz muddatli toʻlovga sotmoqda. Foiz ham, ustama ham yoʻq, lekin chegirma berilmaydi. Boshlangʻich toʻlov 50 foiz, muddat 2 yil.
Cobalt Style MCM uchun darhol 78 050 000 soʻm, keyin har oy 3 252 083 soʻmdan toʻlanadi.
2026-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda Cobalt savdosi 2025-yilning shu davriga nisbatan 39,4 foizga kamaydi. Zavod iyuldan beri xaridorlarni jalb qilishga urinmoqda: imtiyozli avtokreditlar, chegirmalar, bank orqali muddatli toʻlov, endi esa banksiz boʻlib toʻlash.




