Avtokredit Narxlari 2026Volkswagen Narxlari

Volkswagen kreditga va foizsiz boʻlib toʻlashga: Kapitalbank shartlari

Kapitalbank Volkswagen avtomobillari uchun foizsiz boʻlib toʻlash va imtiyozli kredit taklif qila boshladi. Foizsiz muddatli toʻlov 24 oygacha, buning uchun boshlangʻich toʻlov 70%, 25% boshlangʻich toʻlovli kredit esa 60 oygacha beriladi.

Реклама

Статья доступна на русском языке.

Kapitalbank Volkswagen bilan hamkorlikda ushbu marka avtomobillari uchun 0% boʻlib toʻlash va imtiyozli avtokredit taklif qila boshladi.

Kapitalbank 24 oygacha foizsiz muddatli toʻlov beradi, penya va jarimalar yoʻq. Boshlangʻich toʻlov 25% boʻlsa foizsiz muddat 6 oy, 45% boʻlsa 12 oy, 24 oyga esa 70% toʻlash kerak.

Реклама

Lavida XR Trend Line (209 900 000 soʻm) uchun 70% boshlangʻich toʻlov bilan 24 oy davomida har oy 2 623 750 soʻm toʻlanadi.

Avtokredit esa 25%dan boshlangʻich toʻlov bilan 60 oygacha, yillik 0%dan 17,87%gacha stavkada beriladi.

Avvalroq bank Porsche va Toyota avtomobillari uchun foizsiz muddatli toʻlovni yoʻlga qoʻygan edi.

Volkswagen toʻlov grafigi: 24 oyga foizsiz toʻlov jadvali

Volkswagen Lavida XR
Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oyOylik toʻlov
Trend Line, 209 900 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 146 930 000 soʻm
2 623 750 soʻm
Comfort Line, 229 900 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 160 930 000 soʻm
2 873 750 soʻm
Volkswagen Tharu XR
Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oyOylik toʻlov
Comfort Line, 296 250 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 207 375 000 soʻm
3 703 125 soʻm
Highline, 325 000 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 227 500 000 soʻm
4 062 500 soʻm
Volkswagen Passat Pro
Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oyOylik toʻlov
Comfort Line, 468 750 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 328 125 000 soʻm
5 859 375 soʻm
Flagship, 525 000 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 367 500 000 soʻm
6 562 500 soʻm
Volkswagen Tiguan L Pro
Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oyOylik toʻlov
Comfort Line, 482 500 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 337 750 000 soʻm
6 031 250 soʻm
R-Line, 530 000 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 371 000 000 soʻm
6 625 000 soʻm
Volkswagen Teramont X
Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oyOylik toʻlov
Highline, 662 500 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 463 750 000 soʻm
8 281 250 soʻm
Volkswagen Teramont Pro
Versiya, narx va 70% boshlangʻich toʻlov, 24 oyOylik toʻlov
Comfort Line, 750 000 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 525 000 000 soʻm
9 375 000 soʻm
Highline, 825 000 000 soʻm
boshlangʻich toʻlov 577 500 000 soʻm
10 312 500 soʻm

Kapitalbank avtokrediti: Volkswagen uchun oylik va ortiqcha toʻlov

Lavida XR Trend Line 25% boshlangʻich toʻlov bilan besh yilga eng yuqori stavka (yillik 17,87%) bilan kreditga olinsa, oylik toʻlov 3 986 436 soʻm boʻladi. Besh yilda ortiqcha toʻlov 81,8 mln soʻmga yetadi.

2026-yil avgustida banklarning jismoniy shaxslarga bir yildan uzoq muddatga bergan kreditlari boʻyicha oʻrtacha stavka yillik 21,2% edi.

Kapitalbankda halol nasiya

Halol nasiyada (islomiy moliyalashtirish) foiz oʻrniga avtomobil narxiga qatʼiy belgilangan ustama qoʻshiladi. Kapitalbank bunday avtonasiyani 2025-yil noyabridan beri taklif qiladi.

Volkswagen uchun shartnoma olish: Toshkent va viloyatlardagi dilerlar

Volkswagenning Tashkent Citydagi flagman saloni 2026-yil 17-iyunda, markaning Oʻzbekiston bozoriga rasman kirgan kuni ochildi.

Undan tashqari, Volkswagenning dilerlik markazlari Toshkentda Sergeli, Yunusobod va Yashnobod tumanlarida, viloyatlarda esa Buxoro, Samarqand va Qashqadaryoda bor. Sentabrda ularga Toshkentda Drive On va Samarqandda Turon Auto qoʻshildi.

Oʻzbekistonda markaning oltita modeli sotilmoqda. Volkswagen narxlari Lavida XR Trend Line uchun 209 900 000 soʻmdan boshlanib, Teramont Pro Highline uchun 825 000 000 soʻmgacha yetadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button