Yangi Damas narxi 2026: barcha pozitsiyalar va texnik xususiyatlar
UzAuto Motors yangi Chevrolet Damas sotuvini rasman boshladi. Shartnoma tuzish uchun mamlakatdagi barcha rasmiy dilerlik markazlariga shaxsan tashrif buyurish kerak. Onlayn shartnoma tizimi yangi Damas uchun ishlamaydi.

Yangi Damas narxi 134 milliondan boshlanib, 154 million so’mgacha boradi. Eski Damas narxi hozirda 97 million so’m atrofida. Ya’ni narxlar farqi 40-60 foizni tashkil qiladi.
Yangi Damas aslida qanday mashina?
Yangi Damas bu Xitoyning Wuling Hongguang V modeli. Meksikada aynan shu mashina Chevrolet Tornado Van nomi bilan sotiladi. Panjarada Chevrolet emblema turibdi, lekin avtomobilning General Motors muhandisligiga aloqasi deyarli yo’q. Bu SAIC-GM-Wuling qo’shma korxonasining Wuling Motors ishlab chiqarishi.
Xitoyda benzinli Wuling Hongguang V 46 500 dan 60 900 yuangacha, ya’ni $6 400 — 8 400 turadi. O’zbekistonda xuddi shu mashina Chevrolet yozuvi bilan $11 000 — 13 000 ga sotilmoqda. «Mahalliy ishlab chiqaruvchi» maqomidagi barcha soliq imtiyozlariga qaramay, narx Xitoynikidan 40-60% qimmat.
Damas Max va Damas Move: yuk va yo’lovchi variantlari
Yangi Damas narxlari 2026: pozitsiyalar bo’yicha batafsil
DAMAS MAX VAN 1.2 LV0: 134 439 000 so’m Yuk furgoni, 2 o’rindiq. 1.2 litr dvigatel, МТ-5. ABS, EBD, 2 ta yostiq, masofadan boshqariladigan kalit, markaziy qulf, signalizatsiya. Konditsioner opsiya sifatida. ESC va immobilayzer yo’q.
DAMAS MAX VAN 1.5 LV0: 142 471 000 so’m Xuddi shu furgon, lekin 1.5 litr dvigatel va МТ-6. ESC va immobilayzer qo’shilgan. Qolgan jihatlari bir xil.
DAMAS MOVE PAS 1.2 LV0: 139 675 000 so’m Yo’lovchi versiyasi, 8 o’rindiq (ikkinchi qator 2+1). 1.2 litr dvigatel, МТ-5. ABS, EBD, ISOFIX, isitgich, po’latdan yasalgan R14 disklar, 2 ta dinamik. ESC yo’q, markaziy qulf yo’q, signalizatsiya yo’q. Konditsioner qo’shimcha to’lov evaziga.
DAMAS MOVE PAS 1.2 LV1: 144 563 000 so’m Yo’lovchi versiyasi, 7 o’rindiq (ikkinchi qatorda kapitan kreslorlari). 1.2 litr dvigatel, МТ-5. LV0 dagi hamma narsa + ikki zonali konditsioner, elektr oyna ko’targichlar, markaziy qulf, masofadan boshqariladigan kalit, signalizatsiya, yengil qotishmali R14 disklar, kuzov rangidagi oynalar, tumanoqa faralar, ko’zguili soyabonlar, 4 ta dinamik. Ammo ESC hali ham yo’q.
DAMAS MOVE PAS 1.5 LV0: 149 011 000 so’m Yo’lovchi versiyasi, 8 o’rindiq. 1.5 litr dvigatel, МТ-6. 1.2 LV0 bilan bir xil, lekin ESC, markaziy qulf, masofadan boshqariladigan kalit, signalizatsiya va immobilayzer qo’shilgan. Konditsioner opsiya.
DAMAS MOVE PAS 1.5 LV1: 154 128 000 so’m Eng to’liq komplektatsiya. 7 o’rindiq, 1.5 litr dvigatel, МТ-6. ESC, ikki zonali konditsioner, immobilayzer, elektr oyna ko’targichlar, yengil qotishmali disklar, tumanoqa faralar, 4 ta dinamik, kuzov rangidagi oynalar. Damas narxlari orasida eng yuqori narx aynan shu komplektatsiyaga to’g’ri keladi.
| Цена Chevrolet Damas Narxi 2026 | Цена (сум) |
|---|---|
| Damas D2 Style Plus DLX B60 A90 (Deluxe пассажирский) | 96,932,000 |
| D3 STYLE Kombi | 96,449,000 |
| Damas D11 (грузовой) | 93,156,000 |
| LABO LB2 Plus New MXH T79 (пикап) | 96,370,000 |
| Цена на новый Damas | |
| Damas Max VAN 1.2 LV0 Грузовой фургон, 2 места. Мотор 1.2, МТ-5. ABS, EBD, 2 подушки, ключ с пультом, центральный замок, сигнализация. Без кондиционера. Без ESC, без иммобилайзера. | 134,439,000 |
| Damas Max VAN 1.5 LV0 Тот же фургон, но с мотором 1.5, МТ-6. Добавляется ESC, иммобилайзер. | 142,471,000 |
| Damas Move PAS 1.2 LV0 8 мест (второй ряд 2+1). Мотор 1.2, МТ-5. ABS, EBD, ISOFIX, печка, без кондиционера, стальные диски R14, 2 динамика. Без ESC, без центрального замка, без сигнализации. | 139,675,000 |
| Damas Move PAS 1.2 LV1 Пассажирский, 7 мест (капитанские кресла). Мотор 1.2, МТ-5. Всё из LV0 + двухзонный кондиционер, электростеклоподъёмники, центральный замок, ключ с пультом, сигнализация, легкосплавные диски R14, зеркала в цвет кузова, противотуманки, козырьки с зеркалами, 4 динамика. Без ESC. | 144,563,000 |
| Damas Move PAS 1.5 LV0 Пассажирский, 8 мест. Мотор 1.5, МТ-6. Как 1.2 LV0, но добавляется ESC, центральный замок, ключ с пультом, сигнализация, иммобилайзер. Без кондиционера. | 149,011,000 |
| Damas Move PAS 1.5 LV1 Максимальная комплектация. 7 мест, мотор 1.5, МТ-6. ESC, двухзонный кондиционер, иммобилайзер, электростеклоподъёмники, легкосплавные диски, противотуманки, 4 динамика, зеркала в цвет кузова. | 154,128,000 |
Yangi Damas ikki xil versiyada chiqariladi: yuk tashish uchun MAX (furgon, 2 o’rindiq) va yo’lovchilar uchun MOVE (haydovchi bilan birga 7-8 o’rindiq).
Ikkala versiya ham ikki xil dvigatel bilan mavjud: 1.2 litrlik (81 ot kuchi) МТ-5 mexanik uzatmalar qutisi va 1.5 litrlik (103 ot kuchi) МТ-6 mexanik uzatmalar qutisi. Ikkala dvigatel ham atmosferali, to’rt silindrli, Yevro-5 standarti. Solishtirib ko’ring: eski Damasda 0.8 litrlik, 38 ot kuchli, Yevro-2 standartidagi dvigatel bor edi.
O’lchamlari sezilarli o’sgan: uzunligi 4425 mm (eski Damasda 3495 mm), kengligi 1670 mm (eski Damasda 1400 mm), g’ildirak bazasi 2850 mm. Aslida bu butunlay boshqa toifadagi avtomobil. Yuk ko’tarish qobiliyati 650 kg, Max versiyasida yuk bo’lmasi hajmi 3050 litr.
Barcha komplektatsiyalarda 2 ta xavfsizlik yostig’i, ABS, EBD, elektr gidrousiliteli rul boshqaruvi va oldinga diskli tormozlar mavjud. Eski Damasda bularning birortasi yo’q edi.
Damas komplektatsiyalari orasidagi farq nimada?
| 1.2 l. МТ-5 (81 o.k.) | 1.5 l. МТ-6 (103 o.k.) | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| MAX LV0 | MOVE LV0 | MOVE LV1 | MAX LV0 | MOVE LV0 | MOVE LV1 | |
| UMUMIY MA’LUMOTLAR | ||||||
| Kuzov turi | Furgon | Yo’lovchi | Yo’lovchi | Furgon | Yo’lovchi | Yo’lovchi |
| O’rindiqlar soni | 2 | 8 | 7 | 2 | 8 | 7 |
| Haydash turi | Orqa | |||||
| Uzunlik / Kenglik / Balandlik, mm | 4425 / 1670 / 1860 | |||||
| G’ildirak bazasi, mm | 2850 | |||||
| Yonilg’i baki hajmi, l | 45 | |||||
| Yuk ko’tarish qobiliyati, kg | 650 | |||||
| Aralash yonilg’i sarfi, l/100 km | 6,5 | |||||
| DVIGATEL VA TRANSMISSIYA | ||||||
| Dvigatel turi | Atmosferali, 4 silindrli | |||||
| Ish hajmi, l | 1,2 | 1,5 | ||||
| Maksimal quvvat | 60 kVt / 81 o.k. | 76 kVt / 103 o.k. | ||||
| Maksimal burama moment | 120 Nm | 140 Nm | ||||
| Transmissiya turi | МТ-5 | МТ-6 | ||||
| YURISH QISMI | ||||||
| Old osma | Makferson | |||||
| Orqa osma | Qaram, yaproqli ressorali | |||||
| Old tormozlar | Diskli | |||||
| Orqa tormozlar | Barabanli | |||||
| Rul boshqaruvi | Elektrousiliteli | |||||
| Shina | R14 | |||||
| XAVFSIZLIK | ||||||
| Xavfsizlik yostiqlari | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 |
| ABS | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| EBD | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| ESC (barqarorlik tizimi) | — | — | — | ● | ● | ● |
| Masofadan boshqariladigan kalit | ● | — | ● | ● | ● | ● |
| Markaziy qulf | ● | — | ● | ● | ● | ● |
| Mexanik qo’l tormozi | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| ISOFIX | — | ● | ● | — | ● | ● |
| Immobilayzer | — | — | — | ● | ● | ● |
| Signalizatsiya | ● | — | ● | ● | ● | ● |
| QULAYLIK | ||||||
| Ikki zonali konditsioner (old va orqa) | — | — | ● | — | — | ● |
| Bir zonali konditsioner | ○ | ○ | — | ○ | ○ | — |
| Isitgich | ● | ● | — | ● | ● | — |
| Mato bilan qoplangan salon | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Old o’rindiqlarni 4 yo’nalishda sozlash | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| 7 o’rindiq (ikkinchi qator kapitan kreslorlari) | — | — | ● | — | — | ● |
| 2-qator o’rindiqlarini 4 yo’nalishda sozlash | — | — | ● | — | — | ● |
| 8 o’rindiq (ikkinchi qator 2+1) | — | ● | — | — | ● | — |
| 2-qator o’rindiqlarini 2 yo’nalishda sozlash | — | ● | — | — | ● | — |
| 3-qator o’rindiqlari (yig’iladigan) | — | ● | ● | — | ● | ● |
| Barcha o’rindiqlarda sozlanadigan bosh tirgaklari | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Stakan qo’yish joylari | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Elektr oyna ko’targichlar (old) | — | — | ● | — | — | ● |
| Yon oynalar qo’lda sozlanadigan | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Quyosh soyaboni ko’zgu bilan | — | — | ● | — | — | ● |
| Quyosh soyaboni ko’zgusiz | ● | ● | — | ● | ● | — |
| MULTIMEDIA | ||||||
| Analogli asboblar paneli | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Radio USB va Bluetooth bilan | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Dinamiklar | 2 | 2 | 4 | 2 | 2 | 4 |
| TASHQI KO’RINISH | ||||||
| Po’lat disklar R14 | ● | ● | — | ● | ● | — |
| Yengil qotishmali disklar R14 | — | — | ● | — | — | ● |
| To’liq o’lchamli po’lat zaxira g’ildirak | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Kuzov rangidagi yon oynalar | — | — | ● | — | — | ● |
| Old galogen faralar | ● | ● | ● | ● | ● | ● |
| Old tumanoqa faralar | — | — | ● | — | — | ● |
| ● mavjud ○ opsiya — yo’q | ||||||
Mantiq oddiy: 1.5 litrlik dvigatel ESC va xavfsizlik tizimlarini (immobilayzer, signalizatsiya, markaziy qulf) qo’shadi. LV1 darajasi esa qulaylik demak: ikki zonali konditsioner, elektr oyna ko’targichlar, yengil qotishmali disklar va 8 o’rindiq o’rniga 7 ta kapitan kreslosi.
LV0 va LV1 orasidagi farq taxminan 5 million so’m. Dvigatellar orasidagi farq esa taxminan 9,5 million so’m.
E’tibor bering: eng arzon yo’lovchi versiyasi 1.2 LV0 da markaziy qulf yo’q, signalizatsiya yo’q, ESC yo’q. 139 million so’mga. Konditsioner ham qo’shimcha pul talab qiladi.
Eski Damas narxi va yangi Damas narxi: taqqoslash
UzAuto Motors eski Damas ishlab chiqarishni davom ettirishini ma’lum qildi. Hozirgi eski Damas narxi taxminan 97 million so’m. Yangi model bilan farq 37 dan 57 million so’mgacha.
O’tgan yilning may oyida Prezident Yevro-5 standartidagi arzon 7 o’rindiqli avtomobil ishlab chiqarishni topshirgan edi. 140-154 million so’mlik Damas Move ni «arzon avtomobil» deb atash biroz qiyin.






