UzAuto Motors

UzAuto Motorsni AQSh, Janubiy Koreya va Xitoy kompaniyalari sotib olmoqchi

Реклама

Статья доступна на русском языке.

UzAuto Motorsni sotib olishga AQSh, Janubiy Koreya va Xitoy kompaniyalari qiziqish bildirdi. Bu haqda 8-oktabr kuni matbuot anjumanida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov maʼlum qildi.

«Xususan, amerikalik, janubiy koreyalik va xitoylik kompaniyalar qiziqish bildirdi», dedi u.

Реклама

Murodovning soʻzlariga koʻra, qiziqish bildirish hali kompaniyani xaridorga aylantirmaydi: «Agar qaysidir kompaniya bugun „Men bu kompaniyani sotib olmoqchiman“ desa, bu biz uni aynan oʻsha kompaniyaga sotamiz degani emas. Bu haqda gap ham boʻlishi mumkin emas».

Xususiylashtirish aniq bir kompaniya uchun tayyorlanmayapti, zavod ochiq xalqaro savdolar orqali sotiladi.

Chevrolet litsenziyasi nima boʻladi

Bir kun oldin intervyuda Murodovdan zavod Chevrolet ishlab chiqaradigan General Motors litsenziyasini uzaytirish haqida soʻrashdi. «Bu ham inobatga olinmoqda. Bu, taʼbir joiz boʻlsa, xususiylashtirish strategiyasi ichidagi yoʻnalishlardan biri», deb javob berdi u.

Matbuot anjumanida Murodov xaridor bilan muzokaralarda koʻriladigan davlat shartlari qatorida litsenziya shartlari va ularning muddatlarini ham sanab oʻtdi.

GM litsenziyasi 2027-yilda tugaydi. Zavod hozir yigʻayotgan barcha avtomobillar, Cobaltdan Trackergacha, Chevrolet brendi ostida chiqadi. Ularni ishlab chiqarish huquqi uchun GM royalti oladi: 2024-yilda toʻlovlar 86,2 mln dollarni tashkil etgan.

Agar UzAuto Motorsni GM bilan bogʻliq boʻlmagan kompaniya sotib olsa, unga ishlab chiqarish, ehtiyot qismlar va servis boʻyicha amerikaliklar bilan kelishishga toʻgʻri keladi.

UzAuto Motors qachon sotiladi

Agentlik hozircha sotuv ssenariysini va keyingi bosqichlar muddatlarini ishlab chiqmoqda.

Avval sotuv haqida investorlarga eʼlon qilinadi, soʻng xaridorlar ariza, majburiy boʻlmagan va majburiy takliflar beradi. Eng yaxshi shartlarni taklif qilganlar bilan muzokaralardan keyin davlat bitim yakunlanganini eʼlon qiladi.

Prezidentning 2025-yil apreldagi qaroriga koʻra, UzAuto Motors boʻyicha savdolar 2026-yilning birinchi choragida eʼlon qilinishi kerak edi. 17-sentabr kuni Murodovning oʻrinbosari Alisher Miraliyev tenderlar «tez orada» eʼlon qilinishini aytgan edi.

Davlat UzAuto Motors aksiyalarining 99,7 foizini va UzAuto Motors Powertrainning 100 foizini sotmoqda. Sotuvni Alvarez & Marsal konsalting kompaniyasi tayyorlamoqda.

General Motors UzAuto Motorsni sotib oladimi

Sentabrda agentlik General Motors zavodni sotib olishda ustuvor huquqqa ega boʻlmasligini maʼlum qilgan edi.

2025-yil noyabrda Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda General Motors International prezidenti Shilpan Amin bilan uchrashgan. Oʻshanda AQSh Davlat departamenti Oʻzbekiston va AQSh «UzAuto Motorsning boʻlajak sotuvi va xususiylashtirilishi doirasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini oʻrganishi»ni maʼlum qilgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button