Chevrolet Tracker Narxi 2026Chevrolet Onix NarxiUzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

UzAuto Motors Tracker va Onix uchun chegirmalarni bekor qiladi

2026 model yilidagi Tracker Premier Plus naqdga 227 mln soʻm turadi. 2027 model yilidagisi naqdga ham, boʻlib toʻlashga ham 252 mln soʻm.

Реклама

Статья доступна на русском языке.

2026 model yilidagi Chevrolet Tracker Premier Plus toʻliq toʻlovda 227 656 160 soʻm turadi. 2027 model yilidagi Premier Plusning narxi 252 656 160 soʻm. Uni boʻlib toʻlashga olsangiz ham, pulini birdaniga toʻlasangiz ham narxi bir xil. Ikki model yili orasidagi farq 25 mln soʻm. Chevrolet narxlar jadvali.

UzAuto Motors xabariga koʻra, Tracker va Onix uchun chegirmalarning oxirgi kuni 2026-yil 31-dekabr. Yanvardan Trackerni hamkor bank orqali foizsiz boʻlib toʻlashga olish mumkin, lekin chegirma berilmaydi. Zavodning banksiz muddatli toʻlov dasturi ham tugaydi.

Реклама

Yil oxirigacha Tracker va Onix uchun qancha chegirma bor?

2026 model yilidagi Tracker Premier Plus pulini birdaniga toʻlagan xaridorga 45 mln soʻm chegirma beriladi. Eng katta chegirma Tracker Redline uchun 47 mln soʻm. Bu mashina chegirma bilan 235 474 080 soʻm turadi.

Onix Premier 2 Plus va Onix Redline uchun chegirma 25 mln soʻmdan. Toʻliq toʻlovda Premier 2 Plus 196 640 160 soʻm, Redline 205 624 800 soʻm turadi. Tracker va Onixning boshqa komplektatsiyalari narxlari.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button