Haval Narxlari

Haval foizsiz muddatli to‘lov

Haval avtomobillari endi foizsiz nasiya savdoda! Jolion, M6, H6 va Dargo modellari uchun eng qulay shartlar bilan muddatli to‘lov imkoni yaratildi — Haval narxlari va har oylik to‘lovlar oldindan ma’lum, yashirin foizlarsiz.

Реклама

Haval O‘zbekistondagi xaridorlarga Jolion, M6, H6 va Dargo modellari uchun foizsiz muddatli to‘lov taklif qilmoqda.

To‘lov shartlari dastlabki badal miqdoriga qarab farqlanadi: avtomobil narxining 50 foizini to‘lagan xaridor qolgan qismini 18 oy davomida foizsiz nasiya asosida to‘lashi mumkin. Barcha hisob-kitoblar sug‘urta va lizing kompaniyasi komissiyasi inobatga olingan holda taqdim etilgan.

Haval uchun foizsiz muddatli to‘lov shartlari

Реклама

To‘lovlar hamkor lizing kompaniyasi orqali rasmiylashtiriladi — avtomobil to‘liq to‘lov yakunlangunga qadar ushbu kompaniya nomida bo‘ladi.

So‘ngra avtomobil xaridor nomiga o‘tkaziladi.

Dastlabki to‘lovTo‘lov muddati
30%12 oy
50%18 oy
75%48 oy

Muddatli to‘lovni rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha xarajatlar mavjud:

  • 1% dan boshlab — avtomobilga zarar yetishi, o‘g‘irlanishi yoki yo‘q bo‘lishiga qarshi sug‘urta;
  • 2% — lizing kompaniyasi komissiyasi.

Quyida Haval brendining mashhur modellari bo‘yicha 18 oylik Haval nasiya savdo hisob-kitoblari keltirilgan. Avtokredit sug‘urtasi va komissiya summasi dastlabki badalga kiritilgan.

Haval Jolion

Haval foizsiz muddatli to‘lov - 1

Jolion — O‘zbekistonda eng ommabop Haval krossoveri: 2025 yilning dastlabki uch oyida 422 dona sotilgan. Model yorqin dizayn, keng salon va zamonaviy texnologiyalarni taklif etadi. 1.5 litrli turbomotor va robotlashtirilgan uzatma bilan jihozlangan.

HAVAL Jolion texnik xususiyatlari

Ko‘rsatkichQiymat
O‘lchamlar (U × E × B), mm4472 × 1874 × 1581
G‘ildirak bazasi, mm2700
Yerdan balandlik, mm190
Dvigatel turi4 silindrli, benzinli, turbinali
Hajmi, sm³1497
Maksimal quvvat143 ot kuchi (105 kVt) @ 5600–6000 ayl/min
Moment210 Nm @ 2000–4400 ayl/min
Uzatma7 bosqichli robot, ho‘l ikkilik mufta bilan
UzatilishOld g‘ildirak (2WD)
Old osmaMustaqil, McPherson turi, barqarorlashtiruvchi bilan
Orqa osmaYarim mustaqil, burama travers, gidravlik amortizatorlar
Og‘irlik, kg1445
Yoqilg‘i sarfi (aralash), l/100 km8,1
Yoqilg‘i baki hajmi, l55
Yoqilg‘i turiAI-92 va undan yuqori benzin

Jolion narxi: Haval Jolion Nasiya Savdosi va lizing shartlar

Komplektatsiya va Haval narxiDastlabki to‘lov 50% (so‘m)Oylik to‘lov (so‘m, 18 oy)
Jolion Prestige 1.5T 2WD
279 900 000 so‘m
143 299 5007 775 000
Jolion Prestige+ 1.5T 4WD
309 900 000 so‘m
159 049 5008 608 333
Jolion Premium 1.5T 4WD
329 900 000 so‘m
169 549 5009 163 889

 

Haval H6

Model ikki xil turbomotor bilan taklif qilinadi: 1.5T old g‘ildirakdan tortish va 2.0T to‘liq tortish tizimi. H6 shahardagi harakatlar uchun ham, uzoq masofalarga sayohat qilish uchun ham qulay. Hattoki boshlang‘ich komplektatsiyada ham yuqori darajadagi qulaylik va xavfsizlik ta’minlangan.

HAVAL H6 texnik xususiyatlari

Parametr1.5T 2WD 7DCT2.0T 4WD 7DCT
Maksimal quvvat143 ot kuchi204 ot kuchi
Uzatmalar qutisi7 pog‘onali robot (DCT)7 pog‘onali robot (DCT)
Tortish turiOld g‘ildirakliTo‘liq g‘ildirakli
Yo‘l harajati (aralash tsikl)7,2 l/100 km8,1 l/100 km
0–100 km/soatgacha tezlanish9,7 soniya8,2 soniya
Yukxona hajmi600 l600 l
Haval H6 komplektatsiyasi va narxi50% boshlang‘ich to‘lov (so‘m)Oylik to‘lov (18 oy, so‘m)
H6 Comfort 1.5T 2WD
324 900 000 so‘m
167 323 5009 025 000
H6 Prestige 1.5T 2WD
354 900 000 so‘m
182 773 5009 858 333
H6 Premium 1.5T 2WD
369 900 000 so‘m
190 498 50010 275 000
H6 Prestige 2.0T 4WD
374 900 000 so‘m
193 073 50010 413 889
H6 Premium 2.0T 4WD
389 900 000 so‘m
200 798 50010 830 556

Haval Dargo

Haval foizsiz muddatli to‘lov - 2

Haval Dargo — bu brutal ko‘rinishga ega, yo‘ltanlamas imkoniyatlari bilan ajralib turuvchi krossover. Model 2.0 litrli turbomotor va to‘liq (4WD) uzatma bilan jihozlangan.

O‘zbekistonda Haval Dargo Prestige va Premium komplektatsiyalarda, to‘liq privod bilan taklif qilinmoqda.

HAVAL DARGO texnik xarakteristikasi

Ko‘rsatkich2.0T 4WD 7DCT
Maksimal quvvat192 ot kuchi
Uzatma7 pog‘onali robot (ho‘l mufta)
Privod turiTo‘liq (4WD)
Yoqilg‘i sarfi (aralash tsikl)8,5 l/100 km
0–100 km/soatgacha tezlanish9,0 soniya
Yerdan balandlik (klirens)200 mm
Bagaj hajmi457–1129 litr
Yoqilg‘i baki hajmi60 litr
Haval Dargo komplektatsiyasi va narxi50% boshlang‘ich to‘lov (so‘m)Oylik to‘lov (so‘m, 18 oy)
Dargo Prestige 2.0T 4WD
399 900 000 so‘m
206 898 50011 494 444
Dargo Premium 2.0T 4WD
429 900 000 so‘m
222 348 50012 327 778

[wd_hustle id=telegram type=embedded]

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button