Новости

GM Uzbekistan imtiyozli avtokreditlash bo‘yicha “InfinBank” bilan qo‘shma aksiyasi davom etishini ma’lum qildi

GM Uzbekistan kompaniyasi “InfinBank” bilan hamkorlikdagi aksiyasi davom etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya saytida axborot berilgan.

Реклама

“O‘tgan safargi aksiyaga iste’molchilarning yuqori talabi va qiziqishini inobatga olgan holda, imtiyozli kredit shartlarida taqdim etiladigan avtomobillarning soni 4700 donagacha, modellar qatori esa 3 pozitsiyagacha oshirildi”, — deyiladi kompaniya axborotida.

Endi xaridorlar quyidagi avtomobillarni xarid qilishi mumkin:

  • Lacetti CDX AT (3 pozitsiya) avtomobili — 500 dona; Nexia 3 LTZ A/T (4 pozitsiya) avtomobili — 500 dona; Spark LT M/T (2 pozitsiya) avtomobili — 3700 dona.

Imtiyozli avtokreditni “InfinBank”ning barcha filiallarida quyidagi shartlarda rasmiylashtirib olish mumkin:

Реклама
  1. 20 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — yillik 24 foiz
  2. 30 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — yillik 22 foiz
  3. 50 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — yillik 21 foiz
  4. 60 foiz dastlabki to‘lov amalga oshirilganda — 15 oygacha — yillik 20 foiz

Aksiya 2018-yilning 23-oktabridan boshlanadi. 23-oktabrdan 27-oktabrga qadar besh kun davomida faqatgina hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish amalga oshiriladi, 27-oktabrdan esa avtokreditlash boshlanadi.

Aksiyada ishtirok etayotgan avtomobillar qoldig‘i bilan kunlik tarzda “InfinBank”ning rasmiy saytidan ma’lumot olish mumkin. “InfinBank”ning yaqin filiali to‘g‘risidagi ma’lumotni bankning 71-202-50-60 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button