Chevrolet Cobalt 2025 NarxiUzAuto MotorsUzAuto Motors (GM Uzbekistan) Narxlari

Cobalt shartnomalar barcha avtosalonlarda mavjud

Реклама

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobillarining O‘zbekiston bo‘yicha barcha rasmiy dilerlik markazlarida savdoga chiqarilganini rasman e’lon qildi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, onlayn-shartnomalardan tashqari, dilerlik markazlariga realizatsiya uchun 6 000 dona Cobalt avtomobili yuborilgan. Endilikda istalgan mijoz o‘ziga qulay dilerlik markazini tanlab, mavjud avtomobillar orasidan Cobalt xarid qilishi mumkin.

2025-yil 20-noyabr holatiga ko‘ra:

Реклама
  • Dilerlik tarmog‘iga 2 624 dona Chevrolet Cobalt yetkazib berilgan

  • Shundan 1 969 tasi sotilib, mijozlarga topshirilgan

  • Yana 6 000 ga yaqin avtomobil yo‘lda, dilerlik markazlariga yetkazilmoqda

UzAuto Motors ta’kidlaydi: dilerlar orqali savdolar onlayn-shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir qilmaydi.

Noyabr oyida yetkazilishi kerak bo‘lgan avtomobillarning yarmidan ko‘pi allaqachon mijozlarga topshirilgan.

Kompaniya shuningdek, 15-dekabrgacha dekabr 2025 va yanvar 2026 muddatlariga mo‘ljallangan avtomobillarni ham jadvaldan oldin tayyorlab qo‘yishni rejalashtirgan.


Sotuvlar yagona tizim orqali amalga oshiriladi

Hozirda barcha avtomobillar:

  • UzAuto Motors’ning yagona elektron tizimi orqali,

  • QR-kodli shartnomalar asosida,

  • Rasmiy dilerlar tomonidan sotilmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button