UzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Avtokredit Nima? Jismoniy shaxslarga avto kredit 2022

Avtokredit – bu iste'mol kreditining bir turi bo‘lib, tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga aynan avtomobil sotib olish uchun ajratiladi.

Реклама

Taraqqiyot tezlashib borayotgan bir davrda shaxsiy avtomashinaning kundalik hayotdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Har bir shaxs yoki oila o‘z avtotransportiga ega bo‘lishni istaydi. Agar avtomashina sotib olishga yetarli mablag‘ bo‘lmasachi? Bunday vaziyatda tijorat banklarining avtokredit xizmati yechim bo‘lishi mumkin. Lekin ushbu xizmatdan foydalanishning ham o‘ziga yarasha shartlari mavjud. Bugun aynan avtokreditdan foydalanish shartlari bilan tanishib chiqamiz.

Avtokredit – bu iste’mol kreditining bir turi bo‘lib, tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga aynan avtomobil sotib olish uchun ajratiladi.

Реклама

Avtokredit kimlarga beriladi?

18 yoshdan katta, munatazam rasmiy daromad manbaiga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini rasmiy olib borayotgan norezident shaxslarga avtokredit ajratiladi.

Tijorat bankining avtokrediti hisobiga qanday avtotransportlarni sotib olish mumkin?

Hozirgi kunda, avtokredit O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransportlarni sotib olish uchun ajratilmoqda.

Ba’zi tijorat banklari ikkilamchi bozordan avtomobil sotib olish uchun avtokredit ajratadi.

Avtokredit olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

 

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
  • daromadlar haqida ish joyidan ma’lumotnoma;
  • avtomobil sotib olish shartnomasining nusxasi;
  • kredit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.

 

Avtokredit ta’minoti uchun nimalarni garovga qo‘ysa bo‘ladi?

Tijorat bankining ichki siyosatidan kelib chiqib, avtokredit ta’minoti uchun quyidagilardan birini garovga qo‘yilishi mumkin:

 

  • Kredit hisobiga sotib olinayotgan avtomashina;
  • Ko‘chmas va ko‘char mulk;
  • Sug‘urta polisi;
  • Uchinchi shaxs kafilligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan taqiqlanmagan boshqa garov turlari.

Avtokredit olish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

1. Avtotransportni kreditga sotib olish bo‘yicha bozorni o‘rganing. Bunda,

sotib olmoqchi bo‘lgan avtotransportning vazifalari va qulayliklari, narx-navosi, avtoransportni yetkazib berish shartlari, to‘lov turlari va shartlarini bilib oling.

avtokredit ajratadigan banklarning takliflarini o‘rganing. E’tiboringizni kredit foizi, muddati, ta’minot turi, avtotransport narxidan kelib chiqib to‘lanadigan boshlang‘ich badal miqdori, kredit summasi, kreditni qaytarish jadvaliga asosan oyma-oy to‘lov summasi, va eng muhimi, to‘lovlarni qaytara olish qobiliyatingizga qarating.

2. Avtosalon bilan shartnoma imzolang. Shartnoma shartlarini sinchkovlik bilan o‘qib chiqing, to‘lov muddatlariga e’tibor bering.

3. Bankni tanlang. Avtokredit bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni bankning veb-sayti, call-markazlari va sizga yaqin filiallaridan bilib olishingiz mumkin.

4. Avtokredit olish bo‘yicha bankka ariza va yuqorida keltirilgan tegishli hujjatlarni topshiring.

5. Bank hujjatlarni o‘rganib chiqib, sizga kredit ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilsa, kredit mablag‘larini shartnomaga asosan pul ko‘chirish yo‘li bilan to‘lab beradi.

E’tibor qarating! Kredit hisobidan pul ko‘chirilgan kundan boshlab kredit bo‘yicha foizlar hisoblanishni boshlaydi.

6.        Bank pul ko‘chirib bergan kundan boshlab avtosalondan shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida o‘z avtomobilingizni olishingiz mumkin.

Muhim! Tijorat banklari avtokredit shartlarini belgilashda mustaqildir. Bunda ular raqobat muhitidan va tegishli qonun hujjatlaridan kelib chiqqan holda avtokredit bo‘yicha foiz, muddat va boshlang‘ich badal miqdorini belgilaydilar.

Avtokredit muddati –1-5 yilgacha belgilanishi mumkin.

Kreditni so‘ndirish usuli – annuitet (kredit muddati davomida bir xil to‘lov) yoki differensial (oyma-oy kamayib borish tartibida) bo‘lishi mumkin.

Imtiyozli davr – bank kredit bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlarini talab etmaydigan davr. Ushbu davr mobaynida faqatgina kredit foizlari to‘lanadi.

Eslab qoling! Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmagan holda, boshqa kredit (masalan, mikroqarz) olish maslahat berilmaydi. Chunki bu o‘z navbatida qarzdorning qarz yukini oshirib yuborishga, uning boshqa kreditdan foydalanishida ushbu omil ta’sir ko‘rsatishiga olib kelishi mumkin.

Muhim! Avtokredit – bu javobgarlik. Agar kredit bo‘yicha to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmay qolsa, bunday holatda salbiy kredit tarixiga sabab bo‘lishi va muddati o‘tgan qarzdorliklar kredit ta’minoti bo‘lgan avtotransport vositasini sotish evaziga so‘ndirilishi mumkin.

4 Комментариев

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

Интересное
Close
Back to top button