UzAutoMotors va GM Uzbekistan YangiliklariAvtokredit Narxlari 2024

O‘qituvchilar uchun avtokredit berila boshladi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘qituvchilar uchun avtokreditlar aktsiyasi e’lon qilindi.

Реклама

UzAuto Motors kompaniyasi O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan umumta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari uchun Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillariga aktsiya e’lon qildi.

6 oy va 1 yillik muddat

Aktsiya quyidagi shartlarda muddatli to‘lovga xarid qilish imkonini beradi:

– Chevrolet Spark — 70% oldindan to‘lov, muddati 6 oy;

Реклама

– Lacetti 3 poz — 60% oldindan to‘lov, muddati 1 yil.

O‘qituvchi hujjatlarini ko‘rsatishi shart

Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.

Mazkur aktsiyaning asosiy shartlaridan biri avtomobilni garovga qo‘yish hamda hatardan sug‘urtalash.

Shartnomalarni qaysi korxonalar beradi?

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:

“AS SERVIS” tarmoqlarining dilerlik korxonalari

“Sergeli Avtotexxizmat” AJ

“Nurafshon Avtocentr” MChJ

“Qaraqalpaqavtotexxizmet” MChJ

Aktsiya muddati 30-sentabrgacha amal qiladi.

15 Комментариев

  1. дебилизм и бред какое то если есть возможность оплатить 70 процентов нафиг им брать в кредит тем более на 6 месяцев

  2. Yana oddiy o‘qituvchilani ustidan kulishmi bu? 70% ya’ni 80-90mln pul to‘lay oladigan o‘qituvchilani allaqachon mashinasi bor, yoki shuncha puli bo‘sa qoganiniyam to‘lashka qurbi yetadi, kredit predit keremas ulaga.
    2-3mln oylik oladigan o‘qituvchila nima qiladi? Og‘zini to‘ldirib IMTIYOZLI KREDIT deb jar solishadi yana.
    Yana biznesmenlaga ish topiliptide
    Soddagina o‘qituvchini qulog‘iga lag‘mon ilishadide hujjatini olib nomiga mashina olishadi, kn arenda parenda qilib pul aylantirishadi. Bechora o‘qituvchi esa chetda xavas bn qarab tururadi kredit chiqarganlani xaqiga duo qilib.
    Undan ko‘ra kottaro foiz qo‘ysangam ber 10-15yilga, bechora bir mashina minsin rozi bo‘lib.

    1. Бу нарса Кашкадареда енг учига чикган бечора уктувчи колиб кетиб уни номига бошкалар оляпти Халк тилимидагилар дажи телифонини кутармайди. Буларни тудаси билан калласидан отиш керак

    2. Malades zor gap boldi. Bulaarni hammasi ikki uch milyon olayotgan oqituvchini òrnida 1 yil yashab va yana mashina minmoqchi bolib kòrganda edi òshanda joyiga qaytib kelib òqituvchilarga tekin moshina tarqatishardi.

  3. “Raxmat” bu AKSIYA uchun!
    70 %ni bir to’lashga imkoni bor o’qituvchi, qolgan 30%ni topib kreditsizam sotib oladi!
    Birdaniga 100% oldindan to’lov qilsangiz bo’lardi. AKSIYA o‘qituvchi uchun lekin moshinamas……..

    1. O‘qituvchidek laqma inson yo‘q asli. Xechqachon bu soxa o‘zgarmaydi. Ayb o‘qituvchilarni o‘zida. Yolg‘ondan qandaydir imtiyozlani elon qilinsa o‘qituvchi yaxshilab o‘ylamaydi. Chunki bolalar bilan ishlayverib panyatka bolalarnikiga o‘xshab qolgan

  4. АССАЛОМУ АЛЕЙКУМ!!!
    БУ ТАНҚИДИЙ СЎЗЛАР НЕГИЗИДА КЎПЧИЛИК ЎҚИТУВЧИЛАРНИНГ МАШИНА ОЛИШГА БЎЛГАН АЗАЛДАН ОРЗУ УМИДЛАРИНИ РЎЁБГА ЧИҚМАЙ ХОМ ХАЁЛ БЎЛИБ ҚОЛГАНЛИГИ БОРДИР, АГАР 1-ОКТЯБР ЎҚИТУВЧИ ВА МУРАББИЙЛАР БАЙРАМИ МУНОСАБАТИ БИЛАН 50%И ФОИЗСИЗ ТЎЛАШ ШАРТИ БИЛАН БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛИ АКЦИЯНИ ДАВЛАТИМИЗ ҚАЙТАДАН БЕРИШ ИМКОНИЯТИНИ АМАЛГА ОШИРСА, БАРЧА ЎҚИТУВЧИЛАР БЕХАД ХУРСАНД БЎЛАРДИ ВА МАН ЎЙЛАЙМАНКИ МАМЛАКАТИМИЗДА ТАЪЛИМ ТАРБИЯ СОҲАСИДАН ЯНАДА УЛКАН ҲИССАСИНИ ҚЎШИШДА ДАВОМ ЭТАДИ.

  5. Assalomu alaykum.Bu gaplar hammasi yolgon.Biz rayanoga ham AsAvtoservizga ham bordik.Ozlari qayerdandur royxat qilishib anashu moshinalarni olishib yotishibti.Biz oddiy maktab oqtiuvchilari bunday aksiyalardan bexabar qolyapmiz.Bilib borsek bunday narsa yoq deb qaytarib yuborishyapti.As Andijon avtosalon ham bizga bu savolimizga javob berolmadi.Kimga qayerga qanday hujjat desek javob aytisholmadi.Hullas ozlari yeb yotishibti yugurganimiz qoldi holos.Ertaga yana rayano bilan As Andijon avtosaloniga borib koramiz.

  6. Мошиненам, узинам бир тийинга киммат корхонасан. На жамиятга, на оддий халкка фойдаси бор. Манаполист булиб олип билганини килияпти.

  7. Malades zor gap boldi. Bulaarni hammasi ikki uch milyon olayotgan oqituvchini òrnida 1 yil yashab va yana mashina minmoqchi bolib kòrganda edi òshanda joyiga qaytib kelib òqituvchilarga tekin moshina tarqatishardi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button