Авторынок

O‘zbekistonda eski avtomobillardan zapret taklif etildi

“Jiguli”ga “Zapret”: YHXX boshlig‘i Sherzod Ibrohimov prezident huzuridagi yig‘ilishda ma’nan eskirgan avtomobillardan foydalanishni qonuniy ravishda taqiqlashni taklif qildi.

Реклама

O‘zbekistonda eski avtomobillarni, jumladan, xalq orasida hali ham keng tarqalgan «Jiguli» va eski «Nexia»larni taqiqlash taklif qilindi. Bu yangilik ko‘pchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Chunki odamlar 40 yillik mashinani yaxshi ko‘rganidan emas, yangi avtomobil olishning iloji yo‘qligidan haydashga majbur.

Rasmiylar nima deydi?

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) rahbariyati 40-50 yillik mashinalarni ekspluatatsiyadan bosqichma-bosqich chiqarishni taklif qildi. Deputat Alisher Qodirov esa bu tashabbusni qo‘llab, hatto bu chegarani 25-30 yilgacha tushirishni yoqladi va qo‘shimcha qildi: “Asosiysi – odamlarga mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo‘lishi kerak”.

Реклама

Xo‘sh, o‘sha “qulay takliflar”ning o‘zi bormi?

Afsuski, amaldorlarning bu gapi bugungi O‘zbekiston realligidan ancha yiroq. Nima uchun xalqimiz haligacha eski mashinalardan voz kecha olmayapti?

Amaldorlar muammoning ildizi – ya’ni, mashinalarning qimmatligi va bozorning yopiqligi bilan emas, balki oqibati – eski mashinalar bilan kurashmoqchi. Bu xuddi odamlarga arzon kiyim do‘konlarini ochmasdan, eski kiyim kiyishni taqiqlashdek gap.

Odamlar eski «Jiguli»ni haydashga majbur, chunki ularda boshqa tanlov yo‘q. Agar bozor erkin bo‘lib, bojxona to‘lovlari pasaytirilsa va sog‘lom raqobat paydo bo‘lsa, odamlar o‘zlari xavfsiz va zamonaviy mashinalarni tanlagan bo‘lardi.

Xulosa shuki, “Jiguli”ga qo‘yilayotgan bu «zapret» – muammoning yechimi emas, balki oddiy xalqni jazolashdir. Agar hukumat rostdan ham avtoparkni yangilamoqchi bo‘lsa, ishni taqiqlardan emas, balki bozor ochishdan boshlashi kerak. Haqiqiy yechim – avtomobil bozorini monopoliyadan xalos qilish, import uchun bojxona to‘lovlarini kamaytirish va sog‘lom raqobatni yaratish.

Aks holda, bu taqiq odamlarni bor-yo‘q mashinasidan ham ayiradi, xolos.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button