Avtokredit Narxlari 2026BYD Uzbekistan

BYD Chazor 30 mln so’mdan ko’proqqa arzonlashdi

BYD Chazor UzPride 55KM Luxe narxi 255,9 mln so'm etib belgilandi. Avvalgi Chazor Champion 55KM Luxe 288,1 mln so'm turardi. Avtomobil 32,2 mln so'mga arzonlashdi.

Реклама

BYD Chazor UzPride: narx pasaydi, jihozlar saqlanib qoldi

BYD Uzbekistan zavodida ishlab chiqarish yanada mahalliylashtirildi, va bu safar narx ham pasaydi. Ilgari zavodga berilgan imtiyozlar va davlat ko’magi mashina narxida deyarli sezilmasdi. UzPride versiyasi chiqishi bilan mahalliylashtirishning foydasi nihoyat xaridorga ham yetib keldi.

ModelNarxi
Chazor Champion 55KM Luxe288 100 000 so’m
Chazor UzPride 55KM Luxe255 900 000 so’m
Narxdagi farq32 200 000 so’m

Nomi o’zgargan bo’lsa-da, 55KM Luxe komplektatsiyasining jihozlari kamaytirilmagan. Sotuvda ikkita versiya qoldi: UzPride 55KM Luxe va Champion 120KM Flagship.

Реклама

Ikkala versiyada ham quyidagilar bor: HD sifatli 360 darajali kameralar, haydovchi o’rindig’ining elektr sozlanishi, kalitsiz kirish, NFC kalit-karta, masofadan ishga tushirish, shuningdek yon ko’zgularning elektr buklanishi va isishi.

Luxe va Flagship: farqi nimada

Flagship versiyasining asosiy afzalliklari: kattaroq batareya, kuchliroq elektromotor, elektron haydovchi yordamchilari, old o’rindiqlar isitkichi va 17 kVt quvvatlik zaryadlash porti.

Luxe bilan Flagship o’rtasidagi narx farqi taxminan 60 million so’mni tashkil qiladi. Bu qo’shimcha pulning katta qismi xavfsizlik tizimlari va elektrda yura oladigan masofa uchun to’lanadi.

JihozUzPride 55KM LuxeChampion 120KM Flagship
Kruiz-nazoratOddiyMoslashuvchan
Yo’l chizig’ida ushlab turishYo’qBor
Yo’l chizig’idan chiqib ketish haqida ogohlantirishYo’qBor
Avtomatik favqulodda tormozlashYo’qBor
Piyodalar va yo’l belgilarini aniqlashYo’qBor
Ko’r nuqtalarni nazorat qilishYo’qBor
Orqadan kelayotgan ko’ndalang harakat haqida ogohlantirishYo’qBor
HD 360° panoramali kameralarBorBor
Haydovchi o’rindig’i6 yo’nalishda elektr sozlanadi6 yo’nalishda elektr sozlanadi, isitkichi bor
Old yo’lovchi o’rindig’i4 yo’nalishda qo’lda sozlanadi4 yo’nalishda elektr sozlanadi, isitkichi bor
Yon ko’zgularning elektr buklanishi va isishiBorBor
Kalitsiz kirish, NFC kalit-karta va masofadan ishga tushirishBorBor
Markaziy ekran12,8 dyuym12,8 dyuym
4G, Wi-Fi, Bluetooth va OTA yangilanishBorBor
Dinamiklar soni6 ta8 ta
Iqlim tizimiBir zonaliIkki zonali
Orqa o’rindiqlar uchun havo kanallariBorBor
Telefon uchun simsiz zaryadlagichYo’qBor
Type 2 kabeliBorBor
Tashqi qurilmalarni quvvatlash uchun V2L funksiyasiYo’qBor
Ko’chma V2L zaryadlash stansiyasiYo’qBor
Zaryadlash portlari quvvati3,3 kVt3,3 va 17 kVt

Texnik xususiyatlari

UzPride 55KM Luxe va Champion 120KM Flagship bir xil kuzovga va 1,5 litrli benzin dvigateliga ega. Asosiy farq elektromotor, batareya sig’imi va elektrda yura oladigan masofada.

XususiyatUzPride 55KM LuxeChampion 120KM Flagship
O’lchamlari4780 × 1837 × 1495 mm4780 × 1837 × 1495 mm
G’ildiraklar bazasi2718 mm2718 mm
Oldingi/orqa g’ildirak izlari1580/1590 mm1580/1590 mm
Eng kichik burilish radiusi5,5 m5,5 m
Yoqilg’i baki48 litr48 litr
Shina o’lchami225/60 R16215/55 R17
Benzin dvigateli hajmi1,5 litr1,5 litr
Benzin dvigateli quvvati81 kVt, 6000 ayl./daq.81 kVt, 6000 ayl./daq.
Benzin dvigateli momenti135 N·m, 4500 ayl./daq.135 N·m, 4500 ayl./daq.
Elektromotor quvvati132 kVt145 kVt
Elektromotor momenti316 N·m325 N·m
Batareya sig’imi8,3 kVt·soat18,3 kVt·soat
Elektrda yurish masofasi (WLTC)46 km101 km
Elektrda yurish masofasi (NEDC)55 km120 km
0 dan 100 km/soatgacha tezlanish7,9 soniya7,3 soniya
Batareya quvvati tugagandagi sarf (WLTC)3,8 l/100 km3,8 l/100 km

BYD Chazor’ni kreditga olish

Chazor UzPride 55KM Luxe’ni kamida 25 foiz boshlang’ich to’lov bilan avtokreditga olsa bo’ladi. Kredit muddati 36 yoki 60 oy, yillik stavka esa 11,9 foizdan boshlanadi.

Boshlang’ich to’lov 50 foiz va muddat besh yil bo’lsa, oylik to’lov taxminan 2,84 million so’mni tashkil qiladi. Boshlang’ich to’lov 25 foiz bo’lsa, oyiga taxminan 4,66 million so’m to’lash kerak bo’ladi. Sug’urta xarajati bu summalarga kiritilmagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button