Chery Tiggo 2 Pro narxi arzonlashtirildi
Endi O‘zbekistonda eng arzon krossover – Chery Tiggo 2 Pro ni 199,9 million so‘m evaziga xarid qilish mumkin. Aksiya 2025-yil 30-iyungacha amal qiladi.

Rasmiy diler — Chery Auto Uzbekistan Tiggo 2 Pro modelining narxini 15 million so‘mga pasaytirdi. Avval bu avtomobil 214,9 million so‘mga sotilgan. Yangi Chery Tiggo 2 Pro narxi ayni damda bozordagi eng qulay takliflardan biri hisoblanadi.
Chery Tiggo 2 Pro narxi pasaytirildi
O‘zbekiston bozoridagi eng arzon krossoverlardan biri – Chery Tiggo 2 Pro narxi 15 million so‘mga tushirildi.
Chery Tiggo 2 Pro Narxi — 199,900,000 so‘m
Реклама
Chery Tiggo 2 Pro texnik xususiyatlari:
Dvigatel: 1.0 Turbo benzinli (102 ot kuchi, 75 kVt, 3 silindrli)
Aylanma moment: 150 Nm (1500–4500 ayl/min)
Uzatma qutisi: CVT18 variator
Tortish turi: old g‘ildirakdan tortuvchi
Yoqilg‘i sarfi (aralash): 6.3 l/100 km
Yoqilg‘i turi: AI-92 va undan yuqori
Standart: Euro 6
Tezlanish (0–100 km/soat): 13.2 soniya
Maksimal tezlik: 170 km/soat
O‘lchamlari va hajmi:
Uzunlik / kenglik / balandlik: 4200 × 1760 × 1570 mm
G‘ildirak bazasi: 2555 mm
Yo‘l balandligi (klirens): 186 mm
Bagaj hajmi: 420 litr
Yoqilg‘i baki: 50 litr
Og‘irlik (bo‘sh / to‘liq): 1314 / 1637 kg
Shinalar o‘lchami: 205/50 R17
Tiggo 2 Pro Premium komplektatsiyasiga quyidagilar kiradi:
Beskalit kalit tizimi va start-stop tugmasi
Old o‘rindiqlar, rul va old oynaning isitilishi
Eko-teridan yasalgan salon
9 dyuymli sensorli multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto bilan)
Orqa kamera va parkovka datchiklari
6 ta xavfsizlik yostiqchalari
Kruiz-nazorat tizimi
ESP, ABS, EBD va boshqa xavfsizlik tizimlari
Tiggo 2 narxi va imkoniyatlarini izlayotgan xaridorlar uchun bu aksiya ayni muddao. Kichik o‘lchamdagi bu zamonaviy krossover shahar uchun juda qulay, tejamkor va qulay narxga ega.
Chery Tiggo 2 Pro narxi 199,9 million so‘mdan boshlanadi – bu esa uni O‘zbekistondagi eng arzon SUV’lardan biriga aylantiradi.
Aksiya 2025-yil 30-iyungacha amal qiladi. Batafsil ma’lumot va avtomobilni rasmiy dilerlar orqali ko‘rish mumkin.






