92 benzin Xitoy prisadkalar bilan ishlab chiqariladi
O'zbekneftgazning yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga o'tishi jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Xususan, AI-92 benzinining Xitoy qo'shimchalari (prisadkalari) yordamida ishlab chiqariladi

Yil oxirigacha “O‘zbekneftgaz” tarkibidagi barcha zavodlar AI-80 BENZINI ishlab chiqarishni to‘xtatib, AI-92 ishlab chiqarishga o‘tadi. Buning uchun Xitoyda ishlab chiqarilgan maxsus kimyoviy qo‘shimchalardan foydalaniladi.
Kun.uz’ning qo‘liga tushgan rasmiy hujjatga ko‘ra, 2024-yil yanvarida “O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan AI-92 va AI-95 markali yuqori oktanli benzinni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Loyihaga ko‘ra, yiliga 1 million tonna benzin ishlab chiqariladi: shundan 60 foizi AI-92, 40 foizi esa AI-95 bo‘ladi.
Hozirda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI-92 benzinining ishlab chiqarilishi boshlangan. Bu benzin Xitoy qo‘shimchalari bilan tayyorlanmoqda. “O‘zbekneftgaz” xarajatlarni aynan shu qo‘shimchalar evaziga kamaytirishni rejalashtirgan, ammo mahsulotning yakuniy narxi bo‘yicha aniq hisob-kitoblar keltirilmagan.
Rivojlangan davlatlarda AI-92 odatda chuqur neftni qayta ishlash orqali, kam miqdordagi qo‘shimchalar bilan olinadi. Bizda esa zavod deyarli bir zumda AИ-80 dan AИ-92 ga o‘tishga majbur bo‘layotgani sabab, bu benzinning yuqori oktanli ko‘rsatkichi aynan qo‘shimchalar hisobiga erishilayotgan bo‘lishi mumkin.
Bunday yondashuv ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish davrida keng tarqalgan. Muhimi — bu vaqtinchalik yechim doimiy amaliyotga aylanib qolmasligi kerak. Aks holda, bozorda bor-yo‘g‘i AI-80 benzinining o‘zgargan — ya’ni qo‘shimchalar bilan “bo‘yalgan” ko‘rinishi paydo bo‘ladi.
Yomon benzinning oqibati — shikastlangan shamlar

Ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy AI-92 yoki AI-95 quyilgan avtomobillarning yonish shamlaridagi qizg‘ish kuydirma izlari aks etgan suratlar ko‘payib bormoqda. Bu holat aynan arzon va sifatsiz benzin ishlatilganidan darak beradi.
Import qilingan benzinlar bilan bunday muammolarga ancha kam duch kelinadi. Shu bois mashinangizning sog‘lig‘i uchun nimani va qayerdan quyayotganingizga e’tibor bering.