Новости

Rastamojka uchun yangi cheklovlar joriy qilindi

O‘zbekistonda rastamojka qilinmagan avtomobilni 74-rejim orqali boshqa jismoniy shaxsga o‘tkazish amaliyoti to‘xtatildi. Bojxona rasmiy sababsiz deklaratsiyalarni rad etmoqda — bu esa mashina importiga yashirin cheklovlar joriy etilayotganini ko‘rsatmoqda.

Реклама

O‘zbekistonda avtomobil importi uchun mashhur 74-rejim orqali mashina olib kirib, boshqasiga rasmiylashtirish amaliyoti endi ishlamayapti. Bojxona bu hujjatlarni qabul qilmayapti — garchi qonunda hech qanday rasmiy taqiq bo‘lmasa ham.

Telegram-kanal @autodeklarant birinchi bo‘lib ushbu holatga e’tibor qaratdi. Endilikda, bojxonada hali rastamojka qilinmagan avtomobilni bir jismoniy shaxsdan boshqasiga o‘tkazishning iloji yo‘q. Dastur deklaratsiyani rad etadi — sababi esa tushuntirilmayapti.

Реклама

Rasmiy sabab sifatida “tijorat maqsadida olib kirish va chakana savdoga ruxsat yo‘q” deb yozilgan. Lekin bojxona tizimi qanday qilib odamning niyatini aniqlayapti? Agar kimdir o‘z yaqiniga — ota-onasi, akasi yoki boshqa qarindoshiga mashina o‘tkazmoqchi bo‘lsa ham, deklaratsiya qabul qilinmayapti.

Rasmiy hujjatlarga ko‘ra, aynan Bojxona kodeksi 96-moddasida bunday cheklovlar nazarda tutilmagan. Bu esa amaliyotdagi vaziyat qonunga zid bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Import mashinalarga rastamoshka cheklovlari nimaga olib keladi?

Avtoritetlar fikriga ko‘ra, bu qaror quyidagi oqibatlarga olib keladi:

  • import avtomobillari kamayadi;
  • bozor tanqislikka yuz tutadi;
  • narxlar oshadi, raqobat yo‘qoladi.

Oddiy fuqarolar uchun avtomobil yana orzu bo‘lib qolishi mumkin.

Bir yilda faqat bitta mashina olib kirish mumkinmi?

Ayni paytda qonunchilikda jismoniy shaxs yiliga faqat bitta avtomobilni rastamojka qilishga ruxsat beradi. Ammo nima sababdan aynan bitta? Agar moliyaviy imkoniyati bo‘lsa, fuqaro o‘zi uchun ikki yoki uchta mashinani olib kira olmaydimi?

Yangi tartiblar ogohlantirishsiz kuchga kirmoqda

⚠️ Eng xavotirli jihati shuki, barcha bu cheklovlar hech qanday rasmiy ogohlantirishsiz joriy etilmoqda. Aslida esa, qonunga ko‘ra bunday o‘zgarishlar kamida 3 oydan keyin kuchga kirishi kerak.

⚠️ Yana bir muhim nuqta: yaqin kelajakda onlayn platformalarda bunday postlar ham noqonuniy deb topilishi mumkin. “Foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi qonunga ko‘ra, davlat organlari yoki ularning PR-menyerlariga yoqmaydigan har qanday ma’lumot “yolg‘on” deb e’lon qilinishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button