Avtokredit Narxlari 2024

Nega “Qora ro‘yxat”ga tushganim uchun kredit berilmayapti?

Реклама

Fuqarolardan shu mazmunda murojaatlar kelib tushmoqda

Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga ko‘plab fuqarolardan tijorat banklari tomonidan ularning kredit so‘rovlari tushunarsiz sababga ko‘ra rad etilayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Murojaatchilarning izohlashicha, banklar ularga “Markaziy bankning qarz oluvchilar bo‘yicha “qora ro‘yxat”iga (“chyorniy spisok”) kirganligini va bunday ro‘yxatga tushganlarga kredit berilmasligini” vaj qilib ko‘rsatishmoqda.

Реклама

Mazkur holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Avvalo, aytib o‘tish kerak, bank tizimida “qora ro‘yxat” tushunchasi, umuman, kredit ajratilishi ta’qiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan “maxsus ro‘yxat” yoki “ma’lumotlar bazasi” mavjud emas.

“Qora ro‘yxat” tushunchasi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank xodimlari tomonidan kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida ilgari olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga “qora ro‘yxatga tushib qolgansiz” deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida vujudga kelmoqda.

Ushbu holat aslida fuqaroning “kredit tarixi” ma’lumotlari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgi kunda undan barcha kredit beruvchi tashkilotlar fuqaroga kredit berishdan oldin ushbu ma’lumotlardan foydalanishmoqda.

Xo‘sh, “kredit tarixi” nima va uning qanday ahamiyati bor?

So‘nggi yillarda kredit tashkilotlari (banklar va mikrokredit tashkilotlari) va hattoki ayrim tovar iste’mol krediti beruvchi savdo tashkilotlari tomonidan fuqarolarga kredit ajratish jarayonida ularning ilgari olgan qarz mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi hamda joriy qarzdorliklari mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Fuqarolarning kredit bitimlari, ularning ijro etilishi holati, jumladan, ilgari qaysi kredit tashkilotlaridan qancha miqdorda kredit olganligi, kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘laganligi, boshqa kreditlar uchun berilgan amaldagi kafilliklar hamda joriy kredit qarzdorliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui “kredit tarixi” deb ataladi.

Kredit tashkilotlari “kredit tarixi” ma’lumotlari asosida potensial qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholaydi, ya’ni qarz oluvchi olayotgan krediti bo‘yicha majburiyatlarini kelgusida lozim darajada bajara olish imkoniyati, ilgari olgan kreditlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi, boshqa kredit tashkilotlaridan hozirgi qarzdorligi miqdori kabi ma’lumotlarni o‘rganib chiqqan holda fuqaroning kredit to‘lovlarini to‘lash borasida qay darajada intizomli va mas’uliyatli ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.

Har bir kredit tashkiloti o‘zining kreditlash tartibi talablari va kreditning qaytmaslik riskini baholash mezonlaridan kelib chiqib, potensial qarz oluvchining kredit tarixi ma’lumotlari, daromadi hamda taklif etilayotgan kredit ta’minotini tahlil qiladi va yakunda kredit ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi. O‘z navbatida, mazkur qarorlar turli kredit tashkilotlarida turlicha bo‘lishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar!

Markaziy bankning Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati “kredit tarixi”ngiz hisobotida muddati o‘tgan qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun kredit va boshqa moliyaviy majburiyatlaringiz bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishga chaqiradi.

Zero, qarz bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishda ma’suliyatsizlikka yo‘l qo‘yish, ya’ni kredit to‘lovlarini belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lash hozircha arzimas bo‘lib tuyilsa ham, kelgusida kredit tashkilotlaridan qarz olish imkoniyatini pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin.

13 Комментариев

  1. Гапни айлантириб кредит тарихига олиб келяпсизлар. Масалан мен саноат курилиш банк Нукус филиалидан микрозайм олганман. Ойлик маошим хам шу банкдан. Ойлик тушган вактлари мендан сурамасдан автоматический кредитимни пластик картамдан ечиб оларди. Кредитимни епгандан кейин справка олмаганим сабабли кредит тарихимда уз вактида туланмади деган маьлумот фойда булди. Банк ходимларидан сурасам, сиз уз вактида туламагансиз деб айбни менга тункади. Шунинг учун банклар кредит олишимга рад килмокдалар. Марказий банк назорат килса булмайдими, или карга карганинг кузин чукимайдими?

  2. Пандемия даврида кечиктириб тўланган тўловларни кредит тарихидан қачон ўчирилади

    1. МАРКАЗИЙ БАНК РАХБАРИ АСОССИЗ ХАЛККА ПАНДЕМИЯ ДАВРИДА КРЕДИТ ФОЙИЗИ-АСОСИЙ ТУЛОВИ 6 ОЙГА ТУХТАТИЛАДИ ДЕБ ТЕЛЕВИДЕНИЕДА ХАЛККА КРЕДИТ ОЛУВЧИЛАРГА МУРОЖАТ КИЛГАН.УНГА ИШОНГАНЛАРНИНГ ХАММАСИ САЛБИЙ КРЕДИТ ТАРИХИГА ТУШГАН.ВИЖДОНИ БУЛСА ТУШУНАР ЭДИ.ЛЕКИН ………………………………..

  3. Ассалому алайкум. Банк хизматлари томонидан бир нарсаки яъни кредитни бериш вақтида вақтни чўзиб ойнинг 20 чи кунида беришади. Лекин мижоздан кредитни қоплаш вақтини ойнинг 5 чи санасига қўйиб қўйишади. Ойлик иш ҳақларимизни бришни эса иш берувчилар ойнинг 10 ва 15 санасигача чўзиб олиб боришади. Натижада пеня деган бало пайдо бўлади. Банкларга мурожаат этган вақт аризага сана қўйдиришмайди эрта жавобидан қочиш учун. Агар банк тизимида адолат бўлса банкларни ҳам қора рўйхатга олиш керак ва эълон бериш зарур бу банк иши расво олманг кредитларини деган мазмунда. Инсон туғилибдики гуноҳ қилмасликни ўйламай нафс қулига айланади. Савоб ва гуноҳни ёддан чиқаради. Халқга ёрдам ёки бир марта имкон берадиган банклар ҳам пайдо бўлар. Сизлардан шу масалаларда амалда одилона қарор чиқаришларингизга Аллоҳдан куч ва қувват сўраб қоламан.

  4. Ойликлар вактида тушса кридит вактига ёпилади. Гала Бир тийинга киммат одамла утирволган теппага кишлокка оп келиб ойликка бир ой рузгор килса балки калласи ишлаб кетар

  5. Men Xalq bankidan kredit olganman har oyiga ham avansdan,ham oylikdan so‘ramasdan avtomatik tarzda yechib oladi.Boshqa kreditlarni bir oyda bir marotaba to‘laymiz,lekin Xalq banki shunaqa insofsiz.Men Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi filialiga murojaat qilsam,biz bilmaymiz uni Toshkent kesib oladi dedi.Mumkinmi shunday qilish bu bankni hech kim nazorat qilmaydima

    1. singil prokraturaga bervoring ruxsatsiz yechyapti deb ular boshqacha so’rab ko’radi keyin bilinadi toshkent yechyaptimi tumanlaringmi oydan o’tmay to’lasangiz bo’ldiku pena tug’sa ularga foyda

  6. Пандемия даврида куп тадбиркорлар ва фукаролар олинган кредитларни уз вактида тулай олишмади. Натижада куп микесдаги тадбиркорлар корхоналаридан ишчиларни бушатишди еки банкрот булиб тугатишмокда. Шунинг учун чёт Элга маддикорликка кетиш купайди. Лекин юкорида утирганлар ушбу муаммоларни ижобий хал килсалар иктисодиетимизга кредит сиесати салбий зарба бермасди

  7. Қийнанглар, қора халқда, баттар бўлмайдими тўғрими амалдорлар. Ҳа тўламагунича қўймайсанларку, яна нима қиллиқ қилишасан.

    1. Asli kreditlarimmizni foizi juda juda baland. Iloji yoq odamlar olyapti majbur man xam shunday xato qilganlarni biriman. Iltimos qilgan bo’lardim iloji bo’lsa foizni kamaytiring foizlarimmiz juda baland keyin kredit muddatini 5 – qilib qo’yadi deyarli xamma banklar iltimos qilgan bo’lardim hech bo’lmasa 15- dan qo’yishsa oylik olib ulgirmasingdan pena tug’ishni boshlaydi hech bo’lmasa oylik olishga imkon beradigan qilib muddat qo’yina barakat topgurlar.

  8. Kredit tarixi buzilganlarning 100 foizi kredit toʼlamaganlar hisoblanadi. Kreditni olishadi, koʻpchilik imsonlar ularni toʻlanishiga eʼtiborsiz qarashadiku xuddi bank kreditni majburlab berga idek. Shikoyat, qilayotganlarning hammasining uyiga, ishxonasiga bankirlar borishgan necha martalab kreditingni toʻla toʻla deb. Kreditni qaytarish uchun ne choralarni koʻrishmagan bu bankirlar, qancha yigʻilishlarda kreditni toʻlamaganlaruchun asab tolalari uzilgan, vaqtlari ketgan. Borib kelaverib yoʻlkira, benzin xarajat qilishgan.

  9. Хамманг текинхурсанла одамлани пулини ейиш билан шугулланасанлар. Фоизга каранг яна бохоналар укимаган онги пас дейиларканда чёрный список деса. Юкот унда кридит тарихингни

  10. Манда хам банкдан микрокарз олувдим тел оркали олдинлари узи ечиб оларди кегин отмен бупти Ман хабарим йук Эди банкга тел килиб нимага ечиб олмаяпсизлар пластигимда пул борку десам келиб тулаб кетинг дийишти бориб туладим кегинчалик манга сизда уз вактида туланмай колган бор деб кора руйхатга киргизишипти у ” суд ” килишдан олдин хеч булмаса огохлантиришса буладику хотя это не по вине клиента .. кечираслару сааал шу тарафларни караб чикишса булардиде надеюсь что хоть кто нибудь что-нибудь решить в конце-концов!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button