UzAuto MotorsUzAutoMotors va GM Uzbekistan Yangiliklari

Damas foizsiz avtokredit ochildi

Реклама

UzAuto Motors va Kapitalbank yangi foizsiz avtokredit dasturini boshladi — endi Damas avtomobilini 22 oygacha muddatli to‘lov orqali, yillik 0% stavkada xarid qilish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov kamida 50% bo‘lishi kerak.

Damas foizsiz avtokredit: endi Damas 0% yillik evaziga xarid qilish mumkin

UzAuto Motors va Kapitalbank hamkorligida Damas, Onix va Tracker avtomobillari uchun 22 oygacha FOIZSIZ avtokredit (muddatli to‘lov) dasturi ishga tushirildi. Ayniqsa, bu imkoniyat Damas izlayotganlar uchun ayni muddao — endi Damas foizsiz avtokredit orqali sotib olinadi.

Damas foizsiz avtokredit shartlari

Damas avtomobilini sotib olishda 0% yillik stavkali avtokredit olish uchun kamida 50% boshlang‘ich to‘lov talab qilinadi. Foizsiz avtokredit faqat to‘liq narx asosida amalga oshiriladi — chegirma yo‘q, lekin foiz to‘lamaysiz. Avtokredit rasmiy dilerlar orqali, Kapitalbank bilan shartnoma asosida beriladi.

Реклама

Iyun 2025 yildagi Damas narxlari

Modifikatsiya Narx (so‘m)
D11 STYLE (yuk tashish) 93 156 000
D3 STYLE Kombi 96 449 000
D2 STYLE PLUS (yo‘lovchi) 96 932 000

Damas D2 STYLE PLUS uchun to‘lov jadvali (50% boshlang‘ich to‘lov asosida)

Avtomobil narxi: 96 932 000 so‘m
Boshlang‘ich to‘lov (50%): 48 466 000 so‘m
Kreditga olinadigan summa: 48 466 000 so‘m
Sug‘urta xarajatlari: taxminan 1 400 000 so‘m
Muddati Foiz stavkasi Oylik to‘lov (so‘m)
22 oy 0% 2 200 000 atrofida
24 oy 2% 2 060 000 atrofida
36 oy 9% 1 540 000 atrofida
48 oy 12% 1 270 000 atrofida
60 oy 15% 1 150 000 atrofida

Damas foizsiz avtokredit kimlar uchun?

Ushbu foizsiz avtokredit dasturi jismoniy shaxslar — yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki o‘zini o‘zi band qilganlar uchun mo‘ljallangan. Daromadni tasdiqlovchi hujjat sifatida Soliq ilovasidan ma’lumotnoma qabul qilinadi.

Kredit shartlari — Kapitalbank orqali

Muddati 20% boshlang‘ich 30% 40% 50%
22 oy yo‘q yo‘q yo‘q 0%
24 oy 11% 8.5% 5.5% 2%
36 oy 15.5% 13.5% 11% 9%
48 oy 17.5% 16% 14.5% 12%
60 oy 19% 17.5% 16.5% 15%
Foizsiz muddatli to‘lov olish uchun minimal boshlang‘ich to‘lov 50% ni tashkil etadi. Bundan tashqari, shartnoma tuzishda kredit summasining kamida 3% miqdorida sug‘urta to‘lovi amalga oshiriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button