BYD Uzbekistan

BYD eski modellariga narxlarni keskin pasaytirdi – O’zbekistonda ham arzonlaydimi?

Реклама

BYD kompaniyasi so’nggi oylarda avvalgi yil modellarining zaxiralaridan xalos bo’lishga faol intilmoqda. Ushbu maqsadga erishish va talabni rag’batlantirish uchun BYD o’z modellariga 35% gacha chegirmalar taklif qilmoqda.

Masalan, mashhur Seagull modeli 20% ga arzonlashib, uning ekvivalent narxi 7 780 dollargacha tushdi. Seal sedani esa naq 34% ga arzonlashdi, uning narxi endi taxminan 14 300 dollarni tashkil etmoqda.

Talabning susayishini rag’batlantirishga qaratilgan bu qadam darhol fond bozoriga ta’sir ko’rsatdi va boshqa yirik elektromobil ishlab chiqaruvchilarining aksiyalari pasayishiga olib keldi, deb xabar beradi Bloomberg. BYDning o’z aksiyalari 8,3% ga pasaygan bo’lsa, Li Auto, Great Wall va Geely kabi kompaniyalar har biri 5% dan ko’proq yo’qotdi. Shu bilan birga, dilerlardagi elektromobil zaxiralari 2023-yil dekabridan beri maksimal darajaga yetib, naq 3,5 million donani tashkil etgani ma’lum bo’ldi.

Реклама

«BYD chegirmalarining bir qismi aprel oyidan beri amal qilayotgan bo’lsa-da, rasmiy e’lon yakuniy bozor qanchalik murakkab ekanligini yaqqol namoyon etadi,» – deya vaziyatni izohladi Morgan Stanley tahlilchilari Tim Syao boshchiligida.

Bozor mutaxassislari zanjirli reaksiyani kutishmoqda. «Biz raqobatchilar ham shunga o’xshash chegirmalarni amalga oshirishiga ishonamiz. Masalan, Chongqing Changan Deepal S07 modeliga 25 000 yuan chegirma taklif qildi, Leapmotor esa C16 va C11 krossoverlari narxlarini moslashtirdi,» – deya ta’kidlaydi Citi Research tahlilchilari.

BYD uchun ijobiy samara allaqachon sezilarli: Citi baholariga ko’ra, chegirmalar tufayli kompaniyaning dilerlik markazlaridagi trafik bir hafta ichida 30-40% ga oshgan. Agar bu faollik haqiqiy savdolarga aylansa, BYDning may oyidagi hajmlari o’sish dinamikasini saqlab qolishi mumkin. Aprel oyi kompaniya uchun joriy yildagi eng yaxshi oy bo’lganini va bu uni yillik 5,5 million dona yetkazib berish bo’yicha ulkan maqsadiga yaqinlashtirayotganini ta’kidlash joiz.

Xo‘sh, endi eng qizig‘i. Bu narxlar tushishi, chegirmalar va aksiyalar pasayishi – barchasi faqatgina Xitoy hududida sodir bo‘lmoqda. Bizning O‘zbekiston bozoriga keladigan bo‘lsak, bunaqa «bayramlar» bizgacha yetib kelishi dargumon. Biroq, O‘zbekiston bozoriga juda ko‘p elektromobillar «norasmiy» dillerlar bilan kirib kelishini hisobga olsak, narxlarda biroz pasayish kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Asosiysi, hukumatimiz bizning farovonligimiz uchun «qayg‘urib» yana qandaydir yangi notarif to‘siqlarni o‘ylab topmasa bo‘lgani.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button